Imi-jimidagi çeklov, qaltislaşgan diniy vaziyat va “öğirlangan” bayroq - hafta dayjesti
|15:00 / 28.05.202348 30621 min
Qayta uyğongan OVIR xavotiri: boşqalar gödakka ham 10 yillik pasport berayotgan paytda, bu nimasi? Toşkentda “Ukraina bayroğiga hujum” operatsiyasi: bosqinçilikmi yo absurdning çöqqisi? Savol ostidagi diniy erkinlik: vaziyat tahlikali tus olyaptimi? Ortda qolayotgan haftaning asosiy mavzulari – Kun.uz dayjestida.
Özbekistonda OVIR stikeri bekor qilinib, xorijga çiqiş pasporti berila boşlaganidan 4 yil ötar-ötmay, bu pasportning amal qiliş muddati böyiça yangi çeklov örnatildi. Endi 16 yoşdan 25 yoşgaça bölgan fuqarolarga xorijga çiqiş pasporti avvalgidek 10 yil emas, 5 yil muddatga berilyapti.
Eng qiziği, bu muddat qisqartirilganiga salkam bir yil bölgan. Ötgan yili 16 iyunda qabul qilingan qarordagi yangilikdan keng jamoatçilik endigina xabar topdi. Hujjat lex.uz saytiga joylangan bölsa ham, bu faollarning e’tiboridan çetda qolgan. Davlat organlari esa ötgan davr mobaynida bu haqda aholini xabardor qilmay kelgan. Mas’ullar qaror yuzasidan ötkazilgan matbuot anjumanida faqat pasport oliş osonlaşgani haqida gapirişgan, muddat qisqargani haqida esa oğiz oçişmagan.
Bu xabar faol jamoatçilikni çöçitib yuborgani bekorga emas. Vaqt nuqtayi nazaridan aytganda, rasmiylardan biri “qora tuş” deb atagan davrdan juda unçalik ham uzoqlaşib ulgurganimiz yöq. Köpçilik öşa davrda atigi 2 yilga berilgan çiqiş vizasi qanaqangi asabbuzarlik bölganini keçagidek yaxşi eslaydi. Qolaversa, bugun imi-jimida yoşlarning pasportiga çeklov kiritilib, ertaga navbat kattalarnikiga kelmaydi, deb heç kim kafolat bermayapti. Bu şov-şuv ortidan birorta mas’ul çiqib, xotirjamlikka çaqirmadi. Xavotirga asos yöq, demadi. Bir yil davomida qanaqa sukut saqlangan bölsa, butun hafta davomida ham xuddi şunday sukut davom etdi.
Bu jimlikning özi yana boşqa savollarni tuğdiraveradi. Oçiqlikni da’vo qilayotgan, yopilmaslikni va’da qilayotgan davlatda 16 yoşdan 25 yoşgaça bölgan 3 milliondan ortiq fuqaroning erkinliklariga bevosita daxl qiladigan özgariş röy bersa-yu, bundan keng aholi xabardor qilinmasa, buni qanaqa tuşuniş mumkin? Muddatni qisqartirişga biror obektiv sabab bormi özi?
Agar, 16 yoşdan 25 yoşgaça odamning yuz qiyofasi ançagina özgaradi, degan izoh aytilsa, buni bahona deb gumon qiliş uçun yetarli omillar bor. Agar haqiqatan sabab şu bölganida, 5 yillik çeklov ID-kartalarga nisbatan ham joriy etilgan bölardi. Bundan taşqari, jamoatçilik muhokamasiga çiqarilgan
bunaqangi band bölmagan, ya’ni yangi qoida aholi fikri bilan kelişilmasdan qabul qilingan.
OVIR bekor qilingunga qadar, Özbekiston – fuqarolari çet elga çiqiş uçun avvalo özining davlatidan viza olişi kerak bölgan ikkita davlatdan biri edi. Afsuski, bunaqa şarmandali maqomda Şimoliy Koreya bilan yonma-yon turişdan qutuldik deb xursand bölişimiz uzoqqa çözilmadi. Çunki endi Özbekiston 16-18 yoşli fuqarolariga 5 yillik pasport beradigan sanoqli mamlakatlardan biriga aylandi. Dunyoning aksariyat davlatlari voyaga yetgan fuqarolariga bemalol 10 yillik pasportlar beradi. Yaqin-yaqingaça özimizda ham şunday edi.
Yoki, uzoqqa bormaylik, Qozoğiston va Rossiyada tuğilganiga hatto bir hafta bölgan çaqaloqlarga ham xorijga çiqiş uçun muddati 10 yillik pasport beriladi. Bolaning yuz qiyofasi tez özgarişi sabab hujjatni yangilaş zaruratiga esa ota-onaning muammosi deb qaraladi. Masalan, bola 2 yaşarligida olingan pasport u 10 yoşga tölganida ham amal qilaveradi, lekin ota-ona xorijiy davlatga kirişida muammo bölişini öylab, uni öz xohişi bilan yangisiga almaştiradi.
Özbekistonda esa, fuqarolarning çet elga erkin çiqişi masalasida, ötgan davrning şamollari esa boşlaganiga işora qiluvçi boşqa holatlar ham bor. Xorijga çiqiş pasportini oliş uçun murojaat qilgan ayrim fuqarolarning aytişiça, 22–23 yoşgaça bölgan har ikki jins vakillari bilan terrorizmga qarşi kuraş bölimi vakili va mahalladagi uçastka inspektori suhbat ötkazgan. Ular yoşlardan çet elga nega çiqayotgani, Özbekistonga qaçon qaytişi va boşqa narsalarni söragan. Ayrim holatlarda hatto yoşlar bilan işlaş taşkilotidan ma’lumotnoma ham söralgani aytilyapti.
Oçiq-oşkora “öğrilangan” Ukraina bayroği
Içki işlar vazirligiga aloqador, lekin vazirlik izoh berolmay ötirgan yana bir bahsli holat bor. Çorşanba kuni Toşkentning Mirzo Uluğbek tumanidagi “Yangi Moskva” turar joy majmuasida, 8-qavatdagi xonadonlardan birining balkonida turgan Ukraina bayroği uy egasining roziligisiz, u uyda bölmagan paytda olib taşlandi. Internetda tarqalgan suratlarga qaraganda, rasmiylar buning uçun maxsus texnika vositalaridan foydalangan.
Uy egasi Rejyep Latipovning jurnalistlarga aytişiça, u hozir turmuş örtoği bilan Turkiyada ta’tilda bölib turibdi. Voqeadan bir neça soat oldin unga tuman içki işlar bölimidan qönğiroq bölgan.
“Adaşmasam, özini jinoyat-qidiruv bölimidan Murod deb taniştirdi. Şu uy menga tegişli ekani haqida söradi. Özingiz yo rafiqangiz Ukraina fuqarosi emasmi, degan savol berdi. Men yöq dedim. Keyin balkonimda Ukraina bayroği turgani sababini suriştirdi”, – deydi xonadon egasi.
Latipov içki işlar xodimi bilan suhbatda bayroq uning öziga tegişli xonadon içida, ya’ni öz şaxsiy mulki hududida turganini aytgan. Xodim esa fuqaroning e’tirozlariga: “Kelsangiz tuşuntiramiz, bizda olib taşlaşga topşiriq bor”, deya javob bergan.
Uy egasining aytişiça, u Ukrainada tuğilgan, lekin özi ham, rafiqasi ham Özbekiston fuqarolari va Özbekistonda doimiy yaşaşadi. Rossiya Ukrainaga bostirib kirgaç, Ukrainaga qöllov ramzi sifatida Kiyevdagi döstlari sovğa qilgan bayroqni ötgan yili mart oyida balkoniga çiqarib qöygan. “Bayroq şunçaki balkonda turgan edi, köçaga çiqarib ilib qöyilmagandi”, – deydi u. Rejyep Latipov Toşkentga qaytgaç, voqea yuzasidan içki işlar bölimiga arz qilmoqçi.
Bizningça, mavjud vaziyatga ham huquqiy, ham siyosiy baho berilişi kerak. Aslida, har ikki jihat böyiça ham köp gapga hojat yöq, hamma hammasini tuşunib turibdi. Lekin baribir OAV sifatida aytib ötmasak bölmas. Huquqiy tomondan, Özbekistonda Özbekiston bayroğidan taşqari boşqa davlatlar bayroqlariga taalluqli heç qanaqa qonuniy çeklov yöq. Buni har yili 9 may arafasida SSSR bayroği hilpirab qolayotgani ham hammaga eslatib turibdi. Şunday ekan, yuridik nuqtayi nazardan, röy bergan holat şaxsiy mulk daxlsizligini buzişmi, öğrilikmi, bostirib kirişmi yoki mansab vakolatidan çetga çiqiş – buni nima deb ataşni yuristlarga qöyib berganimiz ma’qul.
Siyosiy tomondan esa, ijtimoiy tarmoqlarning qator foydalanuvçilari Rossiya-Ukraina uruşi fonida röy bergan bu xatti-harakatga qörqoqlik deb baho beryapti. Yana bir söz bilan absurd deb atayotganlar ham bor. Rossiyaning sariq-kök ranglar uyğunligini de-fakto taqiqlovçi qonuni suveren davlat bölmiş Özbekistonda ham amal qila boşladimi, deya kinoya qilayotganlar ham yöq emas. Bu tanqidlarga rasmiylar munosabat bildirmadi. Jurnalistlarning bu boradagi savollari javobsiz qoldi.
Ekspertizasiz diniy materiallar: vaziyat jiddiylaşgan
Erkinliklar doirasi toraygani diniy sohada ham közga taşlanyapti. Seşanba kuni Şayxontohur tuman sudi sobiq imom Şavkat Hasanni 6,6 mln söm ma’muriy jarimaga tortdi. Unga ijtimoiy tarmoqlarda oilaviy totuvlik mavzusiga oid videomateriallarini Diniy qömita ruxsatini olmasdan e’lon qiliş aybi qöyildi.
Ma’lum bölişiça, içki işlar xodimlari blogerning Telegram-kanalidagi 6 ta videoni tanlab olib, Din işlari böyiça qömitaga ekspertizaga yuborgan. Ekspertiza xulosasiga köra, videolarda aqidaparastlik, terrorizm, diniy adovatga çaqiruvçi ğoyalar yöq deb topilgan, lekin materiallar diniy qömitaning ekspertlik xulosalarini olmasdan çiqarilgan.
“Men şunça yillik rasmiy diniy faoliyatim davomida bunday ekspertiza olinişi kerakligini bilmagandim ham. Mendan boşqa köplab imom domlalar ham aynan şu modda böyiça jarimaga tortilganini aytişdi”, – deydi sobiq imom. Ma’lumot uçun, Şavkat Hasan uzoq yillar Musulmonlar idorasi tizimida rasman diniy faoliyat bilan şuğullangan, 2014-2018 yillarda Böstonliq tumanida masjid imom-xatibi bölgan.
Amaldagi qonunçilikka köra, Özbekistonda diniy mazmundagi har qanday materialni olib kiriş, saqlaş yoki tarqatiş uçun Din işlari böyiça qömitaning ijobiy xulosasini oliş kerak. Diniy axborotni ekspertizadan ötkazmay tarqatiş 66 mln sömgaça jarimaga sabab böladi. Bu norma, huquqiy prinsiplarga zid ravişda, vaqti-vaqti bilan faqat ayrim şaxslarga nisbatan işlatib turiladi. Zotan, bu qonunni hammaga birdek qöllaşning imkoni ham yöq. Agar şunday qilinsa, taniqli voizlar va hatto yuqori lavozimli diniy ulamolarning diniy mazmundagi jonli efirlari ham noqonuniy bölib qoladi, çunki jonli efirdagi erkin nutqni oldindan ekspertiza qilib bölmaydi.
Xalqaro taşkilotlar qonundagi bu moddani tanqid qilişiga boşqa sabablar ham bor. Masalan, diniy ekspertiza ayrim holatlarda oçiqdan oçiq senzuraga ham aylanib ketadi. Bir neça kun oldin Din işlari böyiça qömita Kun.uz muxbirining AQŞdagi Al-Buxoriy masjidi haqida tayyorlagan körsatuvidan ayrim gaplarni kesib taşlaşni “tavsiya qildi”. Öçiriş talab qilingan gaplar, masalan, Islom Karimov davridagi qörquv, Amerikada yoşlarning diniy ta’lim olişi uçun yaratilgan imkoniyatlar va umuman diniy erkinliklar haqida edi.
Şavkat Hasanning jarimaga tortilişiga qaytsak. Bir qator yoş-yoş yigitlar naşida ortidan qamalişi fonida, endi sobiq imom ham diniy-ma’rifiy körsatuvlari uçun jazoga tortilgaç, holatga Din işlari böyiça qömita raisining sobiq örinbosari, Içki işlar vazirligi Terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş boşqarmasi sobiq rahbari, ayni paytda xususiy sektorda faoliyat yuritayotgan Nuriymon Abdulhasan munosabat bildirdi. U öz Telegram-kanalida e’lon qilgan audiomurojaatda fuqarolarni internet orqali diniy material tarqatmaslikka, diniy materiallarga layk bosişda ehtiyot bölişga çaqirdi.
“Bugungi kunda ekstremistik-terroristik taşkilotlar faoliyatining oldini oliş maqsadida juda köplab çora-tadbirlar belgilanyapti. Şu maqsadda qilinyapti degan yaxşi gumonda bölamiz, albatta. Şu nuqtayi nazardan hammani ogohlantirib qöymoqçiman. Mana bugun juma kuni. Juma kunlari munosabati bilan tabriklar şunaqangi darajaga borib yetdiki, tabriklar video körinişida ham uzatilyapti. Şulardan ham çeklanişinglarni iltimos qilaman. Çunki u videolarda orqasida qanday naşida ketayotganini bilmay qolişimiz mumkin va u naşidalar, qandaydir bir duolar bölsa, diniy mazmundagi materialni tarqatdingiz deb, sizga har qanday ayblovni qöyiş imkoniyati tuğildi”, – dedi Nuriymon Abdulhasan.
Rossiya, AES, gaz va YeOII
Rossiya Özbekistonga özining atom elektr stansiyasini tiqiştirişda davom etyapti. Bundan taşqari, Özbekiston rozi emasligini aniq aytgan bölsa ham, uç tomonlama gaz ittifoqi haqidagi gaplar töxtamagan.
Duşanba kuni har ikki mamlakat taşqi işlar vazirlari Moskvada uçraşdi. Rossiya tomoni uçraşuv oldidan tarqatgan rasmiy xabarida Özbekistondagi birinçi AESni quriş böyiça boş şartnoma göyoki “yuqori darajada tayyor” ekanini iddao qildi. Özbekiston Taşqi işlar vazirligining Kun.uz gaplaşgan mulozimi esa buni rad etdi. Ismi sir qolişi şarti bilan gapirgan diplomatik manbaga köra, Baxtiyor Saidov va Sergey Lavrov örtasidagi uçraşuvda AES masalasi körib çiqilmagan.
“Bu masalada hozirça heç qanday kelişuv imzolanmagan, suhbatda ham [AES masalasini] faqat Rossiya tomoni gap orasida aytib ketdi, xolos”,dedi Taşqi işlar vazirligi vakili.
Energetik hamkorlikda Putin istayotgan yana bir yönaliş – tabiiy gaz. Yil boşida Rossiya Özbekiston va Qozoğiston bilan uçtomonlama gaz ittifoqi tuzib, bu orqali Özbekiston va Qozoğistondagi gaz uzatiş tarmoqlarini qölga olmoqçi ekani ma’lum bölgandi. Özbekiston tomoni öşa paytdayoq Rossiyadan gaz sotib olinsa ham, bu oldi-sotdi şartnoma şaklida bölişi, heç qanaqa ittifoq yoki alyansga rozi emasligini bildirgan. Şunga öxşaş bayonotlar Qozoğiston tomonidan ham yangragan edi. Şu hafta Rossiya taşqi işlar vaziri örinbosari Mixail Galuzin uçtomonlama gaz ittifoqi masalasi hali ham kun tartibida ekanini aytib çiqdi.
“Hozirgi vaqtda ehtimoliy loyiha parametrlari ekspertlar darajasida işlab çiqilmoqda. Hamkorlarning real ehtiyojlarini, bölajak investitsiyalar hajmini aniqlaştiriş zarur”, dedi Galuzin “RIA Novosti”ga bergan intervyusida.
Rossiya tomonining bu bayonotlari fonida, Şavkat Mirziyoyev Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi sammitida qatnaşiş uçun şaxsan Moskvaga bormagani e’tirborga loyiq. Rossiya Taşqi işlar vazirligi sammitda Mirziyoyev bevosita iştirok etişi kutilayotgani haqida xabar bergan edi. Lekin yakunda Özbekiston prezidenti tadbirda videoaloqa orqali qatnaşdi.
Sammit doirasidagi forumlardan birida Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayevning nutqi köpçilikning e’tiborini tortdi. U Rossiya va Belarus “ikki davlat – bir mamlakat” formatida yaşayotgani, hatto yadro quroli ham ikkita davlatga bitta ekanini aytdi. Bu esa, Töqayevning fikriça, YeOII doirasidagi integratsiyada bölinişni yuzaga keltiryapti. Rossiya va Belarus – bitta jamoa, taşkilotning qolgan a’zolari – Qozoğiston, Qirğiziston va Armaniston esa ikkinçi jamoaga aylanib qolgan.
“Biz bu reallik bilan hisoblaşişimiz kerak: bunday şaroitda qanday işlaymiz. Bu konseptual masala”, – dedi Qozoğiston prezidenti. Ekspertlarning fikriça, Töqayev bu gaplari bilan YeOIIning hozirgi formatining kelajagi yöqligi, ittifoq uzoq yaşay olmasligi haqidagi fikrni diplomatik ohangda bildirib qöygan.
Haqiqatan ham, Rossiya va qisman Belarusga qarşi kiritilgan misli körilmagan darajadagi sanksiyalar şaroitida, ular bilan bitta iqtisodiy ittifoqda böliş yoqimli holat emas. YeOII a’zolari, istaydimi-yöqmi, borgan sari çökayotgan Rossiya iqtisodiyotining yukini ham kötarişga majbur bölyapti. Boşqaçaroq aytganda, Rossiyaning sanksiyalar ostida qolganidan Xitoy qançalik foyda körayotgan bölsa, YeOII davlatlari şunçalik zarar köryapti. Ana şunday vaziyatda Özbekiston rasmiylari taşkilotga qöşiliş fikridan uzil-kesil qaytganmi yoki yöq, buni faqat vaqt körsatadi.
Gaz va elektr narxlari “qöyib yuboriladi”
Gaz masalasida boşqa xabarlar ham bor. Ma’lum bölişiça, Özbekiston Xitoyga tabiiy gaz yetkazib berişni tiklagan. Xitoy tomoni ma’lumotlariga köra, yanvar-mart oylarida Özbekiston bu mamlakatga gaz sotmagan, aprel oyida esa 40 mln dollarlik gaz eksport qilgan. Özbekiston Statistika agentligining yangi hisobotiga köra esa, yanvar-aprel oylarida xorijga 90 mln dollarlik gaz sotilgan. Örtadagi farq Qirğiziston va Tojikistonga gaz eksporti bilan boğliq bölişi mumkin.
Xorij matbuotidagi xabarlarga qaraganda, Özbekistonning gaz tranziti orqali oladigan daromadlari ösişi mumkin. Reuters'ning yozişiça, Xitoy Rossiyaning “Sibir kuçi–2” loyihasi örniga, Turkmaniston gazini eksport qilişga möljallangan yangi quvurga ustunlik beryapti. Turkman gazi Rossiyanikidan 30 foizga qimmatroq bölsa ham, rasmiy Pekin Markaziy Osiyodan tortilgan gaz quvurining törtinçi liniyasi qurilişiga yaşil çiroq yoqdi, deyiladi xabarda.
Içki bozorda esa gaz va elektr narxlarini erkinlaştiriş masalasi turibdi. Energetika vazirining birinçi örinbosari Azim Ahmedxöjayevning aytişiça, hukumat narxlarni liberralaştiriş dasturini sentabrgaça qabul qilmoqçi. Dastur asosida aholi va biznes uçun tariflar tabaqalaştiriladi.
“Özbekistonda raqobatbardoş elektr energiyasi bozoriga ötiş uçun asoslarni tayyorlayapmiz. Hududlarga elektr energiyasini taşiş böyiça xorijiy kompaniyalar va xorijiy tajribani jalb qilamiz”, – dedi u.
Vazir örinbosari aytayotgan huquqiy asoslar aslida ötgan yili işlab çiqilişi kerak edi. 2022 yilgi davlat dasturida energetika bozorining mustaqil regulyatorini taşkil etiş, sohani bozor relslariga ötkaziş uçun bir neçta yangi qonunlarni tayyorlaş közda tutilgandi. Ijtimoiy normani kiritgan holda tariflarni tabaqalaştiriş böyiça ham bir yil oldin harakatlar boşlangan, lekin ma’lum sabablarga köra, töxtab qolgandi.
Azim Ahmedxöjayevning aytişiça, vazirlik energoislohot masalasida Ozarboyjon tajribasini örganyapti. Şu bilan birga, narxlar oşişi eng kamida xonadonlar uçun bu yildan boşlanmasligi mumkin. Mart oyida Iqtisodiyot vazirligi maişiy iste’molçilar uçun elektr energiyasi va gaz tariflari bu yil oşirilmasligi haqida bayonot bergandi.
Özbekistonga noodatiy taşrif
Hafta örtalarida Singapur prezidenti Halima Yoqubning taşrifi köpçilikning e’tiborini tortdi. U Özbekistonga Uzbekistan Airways'ning doimiy reysi orqali uçib kelgan tarixdagi birinçi prezidentga aylangan bölsa ajab emas. Umuman, Halima Yoqub, Markaziy Osiyoga kelgan Singapurning birinçi prezidenti ham böldi.
Halima Yoqub avvaliga Qozoğistonga bordi, keyin Astanadan UzAirways'ning muntazam reysida Toşkentga uçib keldi. Taşrifning ikkinçi kunida Toşkentdan Samarqandga “Afrosiyob” poyezdida yölga çiqdi. Safar qarigaç, Uzbekistan Airways'ning Toşkent–Seul yönalişidagi doimiy reysida ortga qaytib ketdi. Bu orada keçki ovqat uçun Toşkentdagi unça qimmat bölmagan restoranlardan biriga kirdi, turmuş örtoği restorandagi sozandalar davrasida doira çaldi.
Singapurdek davlatning muslima prezidenti oddiy liboslarda, römol öragan holda, ortiqça pardozlarsiz samolyot va poyezdlarning odatdagi reyslarida yurgani köplab hamyurtlarimizning e’tirofiga sazovor böldi. Qator naşrlar, xususan Kun.uz ham uning hayot yöli haqida maqolalar e’lon qildi. Kambağal oiladan çiqqan, 8 yoşida otasidan yetim qolgan Halima Yoqub huquqşunoslik böyiça magistrlik diplomini olgaç, siyosatga qadam qöygan, 23 yoşida ilk marta mahalliy deputatlikka saylanib, keyinçalik Singapur parlamentining ilk ayol spikeriga aylangan.
Bu örinda, Singapur parlamentar respublika ekani, davlat boşqaruvi böyiça aksariyat vakolatlar boş vazirda ekanini ham ta’kidlaş kerak. Halima Yoqubning Özbekistonga kelişi Şavkat Mirziyoyevning şu yil boşida Singapurga amalga oşirgan taşrifiga javob taşrifi böldi. Taşrif doirasida davlat xizmatçilarining malakasini oşiriş, xavfsizlik, turizm va boşqa sohalarga oid 7 ta kelişuv imzolandi.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Samarqandda Yoşlar işlari agentligining tuman bölimi rahbarlaridan dam oliş kunida dam olgan uçun tuşuntiriş xati olindi.GapPaxtaçi va Kattaqörğon tumanlari haqida ketyapti. Agentlikning viloyat boşqarmasi boşliği ularni yakşanba kuni izlab topolmagaç, buning uçun tuşuntiriş xati yozişga majburlagan. Yoşlar işlari agentligi boşqarma boşliğiga “qat’iy ogohlantiriş” berilganini ma’lum qildi.
Boğça tarbiyaçilarining maoşlari maktab öqituvçilariniki bilan tenglaştiriladi. Bu tartib 1 yildan keyin, 2024 yil 1 iyundan boşlab kuçga kiradi. Rasmiy xabarga köra, maktablarda işlovçi pedagoglarni sertifikatlaş yölga qöyiladi. XTBlarning maktablar faoliyatini tekşiriş vakolati bekor qilinib, bu huquq yangi oçilgan Ta’lim markaziga ötkaziladi.
Özbekistonlik yana bir yigit Ukrainadagi uruşda halok böldi. Davlat xavfsizlikxizmatining ma’lum qilişiça, Ş.Tojiboyev Rossiyada geroin bilan qölga olinişi ortidan qamalgan, qamoqxonadan esa uruşga olib ketilgan. Marhumning onasiga köra, öğlining jasadi Özbekistonga keltirilgan. Eslatib ötamiz, uruşga borganlar soğ qaytgan holatda ham, Özbekistonda jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Sönggi paytlarda röy bergan bir qator şov-şuvli holatlar böyiça sud qarorlari e’lon qilindi. Yangihayot tumanida 12 yoşli qizni zörlab öldirgan qotil umrbod ozodlikdan mahrum etildi. Qöqon davlat pedagogika institutining qizlar yotoqxonasiga kamera örnatilgani holati böyiça institut prorektori jarimaga tortildi. Toşkentda odamlarga avtomobil va uy olib berişni va’da qilib, yuzlab fuqarolarni katta miqdordagi pullarga çuv tuşirgan «Rayyona Qutlug‘» MÇJ rahbarlaridan biri 9 yilga qamaldi. Uning jinoiy şeriklaridan biri çet elga qoçib ketgan.