20 Yanvar

2022 yil 19 yanvar kuni Kun.uz’da Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan bir guruh fermerlar suv ta’minoti korxonasi tomonidan asossiz qarz qilinib sudga berilgani haqida tanqidiy maqola e’lon qilingandi.

SSV kasallanishlar soni ortishda davom etayotgani, so‘nggi bir kunda 1300dan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangani, 700dan ortiq kishi tuzalgani, 4 bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida hokim qarori bekor qilinib, fermerning yer uchastkasiga bo‘lgan huquqi tiklangan. Bu haqda Biznes ombudsman vakili xabar bermoqda.

19 Yanvar

Paxtakor tumaniga yangi hokim tayinlandi.

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi fermerlar suv ta’minoti korxonasidan norozi. Saytga dardini hikoya qilmoqchi bo‘lgan fermerlar bilan G‘allaorol tumanlararo iqtisodiy sudi oldida uchrashdik.

Sog‘liqni saqlash vazirligi kasallanishlar soni yana ortayotgani, so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 1210dan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida xabar berdi.

17 Yanvar

Anvar Haydarov g‘allaorollik fermer. Uning qariyb 15 gektar yeri bor. U qilayotgan mehnati va o‘zi duch kelgan mashaqqatlar haqida so‘zlab berdi.

14 Yanvar

O‘zbekistonda havo harorati pasayib, keyingi haftagacha beqaror yomg‘irli ob-havo saqlanib turadi.

Jizzaxda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 37 yoshli ayol halok bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

13 Yanvar

Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanida mashinaning tirkamasi chiqib ketib Tico bilan to‘qnashgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida 205 million so‘mlik tabiiy gazni noqonuniy ishlatgan yashirin korxona aniqlangan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida veterinariya-sanitariya qoidalariga zid ravishda olib ketilayotgan go‘sht to‘xtatib qolingan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ko`proq yangiliklar
Top