Surxondaryo viloyati bojxona boşqarmasining tezkor tuzilmalari tomonidan DXX xodimlari va Çegara qöşinlari harbiy xizmatçilari bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga çek qöyildi. Bu haqda Bojxona qömitasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, “Ayritom” çegara bojxona postining “kiriş” avtopaviloniga kirib kelgan yuk maşinasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan ötkazilgan. Maşinani közdan keçirilişi davomida kabinaning xufiya joyiga sariq rangli skotç bilan öralgan 7 ta öram yaşirilganligi ma’lum bölgan.

Öramlar oçib körilganida ulardan 3 tasining içida jami 3 kg oğirlikdagi opiy va qolgan 4 ta öramda esa jami 4 kg 950 gr oğirlikdagi gaşiş giyohvand moddasi borligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.