2022 yil 19 yanvar kuni Kun.uz’da Jizzax viloyati Ğallaorol tumanida faoliyat körsatayotgan bir guruh fermerlar suv ta’minoti korxonasi tomonidan asossiz qarz qilinib sudga berilgani haqida tanqidiy maqola e’lon qilingandi. Holat yuzasidan Suv xöjaligi matbuot kotibi munosabat bildirdi.
Munosabatda ma’lum qilinişiça, Jizzax viloyati suv xöjaligi boşqarmasi rahbari boşçiligidagi Işçi guruh bugun, 20 yanvar kuni ertalabdan Ğallaorol tumaniga borib, fermerlar bilan uçraşgan. Uçraşuv davomida ularning muammolariga yeçim topilgan.
Munosabat bilan birga taqdim etilgan videolavhada Kun.uz’ga murojaat qilgan fermerlar Furqat Joniqulov va Rahmon Hojiyev sudda ular suv ta’minoti korxonasini yutib çiqişganini aytişgan.
Şuningdek, fermerlarga nohaqdan qarz yozib sudga bergan suv ta’minoti korxonasi mutasaddilaridan bir neça nafari işdan böşatilganini ma’lum qilişgan.
Ma’lumot uçun, Kun.uz’ga murojaat qilgan bir guruh fermerlar «Ğallaorol tuman» suv iste’molçilari uyuşmasi korxonasi ulardan dala maydonlarini suğoriş uçun gektariga 100 ming sömdan hisoblab noqonuniy haq undirayotganini bildirişgan.
Ularning aytişiça, taşkilot suvni öz vaqtida yetkazib beriş, ariq, kanal va zovurlarni tozalaş borasida biror iş qilmagan. Barça işlarni fermerlarning özlari mablağ sarflab bajarib kelişgan.

















