22 Fevral

23–29 fevral kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo harorati o‘zgarishi sababli O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi.

20 Fevral

Surxondaryo, Samarqand, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida yer maydonlari savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi.

19 Fevral

Baxtiyorjon Salimjonov Namangan viloyati Chust tumani hokimi etib tayinlandi. 2020 yil iyul oyidan buyon tumanga hokimlik qilib kelgan Bekzod Hamdamov lavozimidan ozod etilgan.  

16 Fevral

U fuqaroga turar-joy sotib olish uchun yaqin tanishlari orqali pul evaziga subsidiya olib bermoqchi bo‘lgan. Manbaga ko‘ra, xodim sobiq sudyaning o‘g‘li bo‘lgan.  

15 Fevral

Guliston shahrida 15 kunlik o‘g‘lini 40 ming dollarga, Termiz tumanida 20 kunlik qizini 25 mln so‘mga, Toshkent shahrida 6 yoshli o‘g‘lini 3 ming dollarga hamda Namangan shahrida 10 yoshli bolasini 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayollar ushlandi.

14 Fevral

Namangan tumanidagi «Olaxamak» MFYda hokim yordamchisi sifatida faoliyat yuritib kelgan Muhammad Haydarov Uchqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

13 Fevral

11 fevral kuni Qamchiq dovonida sodir bo‘lgan mudhish YTH haqida ikki kundan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlarda hodisa joyidan olingan kadrlar tarqala boshlagachgina rasmiy xabar berildi.

Qamchiq dovonida DAF va Isuzu yuk mashinalari to‘qnashdi. Oqibatda ikkala haydovchi va uch yo‘lovchi voqea joyida vafot etdi. DAF yuk transport vositasiga ortilgan bir qancha yengil avtomobillar pastlikka tushib ketdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtotreyler haydovchisi boshqaruv paytida uxlab qolgan va yo‘l chetida turgan mashina va odamlarni urib yuborgan.

12 Fevral

Prezident bosh vazir Abdulla Aripovga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida o‘sish bo‘lmagani uchun lavozimga loyiqligini hal qilishni topshirgan tuman hokimlari qatorida Jahongir Rizzayev ham bor edi.

10 Fevral

Duradgorlar ko‘p, lekin hammasi ham tobut yasayvermaydi. Namanganlik usta duradgor Abdulahad Jamoliddinov tobutlar yasab, butun respublika bo‘ylab yetkazib beradi. U bu hunarni pandemiya davrida talabning keskin oshib ketishi ortidan boshlagan.

Hodisada hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan.

Ko`proq yangiliklar
Top