Namangan viloyatida Pop va Mingbuloq tumanlarini boğlovçi kanalga Nexia-2 maşinasi tuşib ketgan. IIV axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa 2024 yil 3 fevral kuni sodir bölgan.

Nexia-2 haydovçisi maşinani Mingbuloq tumanidan Pop tumani Töda qişloği tomonga olib ötiş uçun paromga çiqargan. Biroq u tajribasizlik qilgan va maşina kanalga tuşib ketgan.

Maşina içida bölganlar hodisa sodir bölgan paytda maşinadan çiqib olişgan. Nexia-2 esa oqib ketgan. Maşinani qidiriş işlari olti kun davom etgan va u 2024 yil 9 fevral kuni 8 metr çuqurlikdan aholi yordamida çiqarib olingan.

Qayd etilişiça, hodisada heç kim tan jarohati olmagan va halok bölmagan. Haydovçi maşina kanalga tuşib ketgan paytda undan çiqib olişga muvaffaq bölgan.