Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi
Javobgar tomon – aka-uka Jo‘rayevlarning ishni yopiq sud majlisida ko‘rib chiqish haqida kiritgan iltimosnomasi qanoatlantirilgan.

Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
Bugun, 2024 yil 2 may kuni Toshkent shahri Uchtepa tumanlararo sudida xonanda Botir Qodirovning otalikni belgilash haqidagi da’vosi yuzasidan navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tgan.
Unda sudya aka-uka Jo‘rayevlar vakilining ishni unda ishtirok etuvchi shaxslarning hayotiga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlarning oshkor bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun yopiq sud majlisida ko‘rib chiqish haqida kiritgan iltimosnomasi qanoatlantirilganini va Fuqarolik protsessual kodeksining 12-moddasiga asosan Botir Qodirovning da’vosi bo‘yicha o‘tkaziladigan sud majlislari yopiq tarzda bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgan.
Toshkent shahar sudining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, Botir Qodirovning da’vo arizasi sudga 2024 yilning 19 mart kuni kelib tushgan. Ishni ko‘rish 15 aprelga belgilangan. Javobgar vakili ish bilan tanishish uchun ishni ko‘rishni boshqa kunga qoldirishni so‘ragani sababli navbatdagi sud majlisi 23 aprelga qoldirilgan.
23 aprel, seshanba kungi sud majlisida da’vogar vakilining ko‘rsatmasi eshitilib, guvohlarni ishga jalb etish va qo‘shimcha dalillarni (fotosuratlar, dalolatnoma yozuvi va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasini) talab qilib olish uchun ishni ko‘rish 2 mayga qoldirilgandi.
Da’vo arizaga Adliya vazirligi huzuridagi Hadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi mutaxassisining 2023 yil 29 sentabridagi fikri ilova qilingan. Ilovada Halimjon Nurmatov va Qodirov Botir Sheraliyevichning amaki-jiyan ekani bo‘yicha fikr berilgan.
Yangiyo‘l tumani FHDYo bo‘limi tomonidan 2008 yil 26 fevral kuni familiyasini “Jo‘rayev”dan “Qodirov”ga, otasining ismini “Sherali o‘g‘li”dan “Sheraliyevich”ga o‘zgartirgani haqidagi 46- va 48-sonli ilovalar sudga taqdim etilgan.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00 / 17.06.2025
-
Uch kishilik oilalar ulushi ortib boryapti
O‘zbekiston | 11:58
-
Isroilni mustaqil tark etmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga 2 ta yo‘nalish tavsiya qilindi
O‘zbekiston | 11:56
-
Reuters: G7 AQSh tufayli Ukraina bo‘yicha bayonotni e’lon qilmaydi
Jahon | 11:30
Mavzuga oid

14:36 / 01.04.2025
Xonanda Botir Qodirov mualliflik huquqini buzgani uchun jarimaga tortildi

14:45 / 18.11.2024
Jo‘rayevlar ishida sud qarori o‘zgarishsiz qoldirildi

16:05 / 12.09.2024
“Apellyatsiya shikoyati kiritamiz” – Zohirshoh Jo‘rayev

15:16 / 11.09.2024