Namangan şahrida davlat xizmatlari markazi katta mutaxassisi tezkor tadbirda qölga olingan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Manbaga köra, Namangan şahar adliya bölimining davlat xizmatlari markazi katta mutaxassisi X.R. qölga tuşgan. U turar-joy sotib oliş uçun yaqin tanişlari orqali subsidiya mablağlari ajrattirib berişni va’da qilib, buning evaziga fuqarodan 1 500 AQŞ dollar talab qilgan. Katta mutaxassis kelişilgan puldan 1 000 AQŞ dollarini oldindan olayotgan vaqtida daliliy aşyolar bilan uşlangan.
X.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda holat yuzasidan tergov xarakatlari olib borilmoqda.
Qölga olingan şaxs sobiq sudyaning öğli ekanligi aytilmoqda.
Oldinroq Qöqonda sud xodimi nikohdan ajratib beriş evaziga fuqarodan 1000 AQŞ dollari olgan vaqtida uşlangandi.













