Jinoyat işlari böyiça Mingbuloq tuman sudining raisi sudlanuvçining otasidan pora olayotganda uşlangan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar berdi.
2024 yil 30 yanvar kuni ötkazilgan tezkor tadbirda sud raisi Ş. S. özining iş yurituvidagi jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi va boşqa moddalari bilan ayblangan sudlanuvçiga yengilroq jazo tayinlaş evaziga, sudlanuvçining otasi V. S.dan 2 000 dollar olgan vaqtida uşlangan.
Oliy sud Plenumining bugun 20224 yil 31 yanvar kuni ötkazilgan majlisida Boş prokurorning jinoyat işlari böyiça Mingbuloq tuman sudining raisi Ş. S.ni Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) bilan jinoiy javobgarlikka tortiş va unga nisbatan «qamoqqa oliş» tarzidagi ehtiyot çorasini qöllaş haqidagi taqdimnomasi körib çiqilib, rozilik berilgan.
Avvalroq, jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar Yaşnobod tuman sudi sudyasi 4 ming dollarni pora tariqasida olayotganda qölga olingandi.











