Qirğizistonning Jalolobod viloyati Suzoq tumanida muzqaymoq ortilgan kiçik hajmli yuk maşinasi ommaviy tadbir vaqtida öquvçilarni bosib ketdi. Bu haqda “Kabar” agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, 9 dan 16 yoşgaça bölgan 29 nafar bola jarohatlangan. 18 nafar bola şifoxonaga olib ketilgan. Ulardan 7 nafari reanimatsiyaga yotqizilgan. 3 nafarining ahvoli esa oğir deya baholanmoqda. 11 nafar bolaga voqea joyida yordam körsatilib, ambulator davolanişga yuborilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, yuk maşinasi tepalikda töxtagan holatda turgan. Voqea sodir bölgan vaqtda rulda haydovçi bölmagan. Yuk maşina tormozdan çiqib ketib, pastlikka qarab harakatlangan va respublika tanlovida “Manas” dostonini ijro etiş uçun safga tizilgan öquvçilar ustidan yurib ketgan.