22 Oktabr

MIBning Mo‘ynoq tuman bo‘limi ish yurituvida 269 mln 887,1 ming co‘m qarzdorlik undirish to‘g‘risidagi ijro ishi mavjud bo‘lgan. Bu haqda Kun.uz’ga MIBning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi xabar berdi. Unda undiruvchi «ERSULTAN NUKUS CITY» MChJ foydasiga Mo‘ynoq tumani obodonlashtirish boshqarmasidan qarzdorlik hisoblangan.

Bir necha kun oldin #Kunmobilmuxbiri Nukus shahrida taksichi va velosiped haydovchisi o‘rtasida janjal kelib chiqqani haqida xabar bergandi. Mobil muxbirning tasvirga olgan videosida taksichi velosiped haydovchisini bir zarbada qulatgani aks etgan.

19 Oktabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan 220 kV kuchlanishli “Beruniy” podstansiyasida “Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari” filiali muhandis-chilangarlari tomonidan rejali ta'mirlash, qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

13 Oktabr

Beruniy tumanida salkam 1 million AQSh dollarilik qarzdorlik undirib berildi. Bu haqda Kun.uz’ga MIBning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, nukuslik ayol B.Z. 5 yildan buyon avariya holatidagi uyda yashashi va kunlar sovib ketishi oqibatida o‘zi va 10 yoshli qizining sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetayotgani bo‘yicha amaliy yordam so‘rab ombudsmanga murojaat qilgan.

Dunyodagi eng maxfiy hududlardan biri Orol dengizida joylashgan.

8 Oktabr

Nukuslik Po‘lat Baltabayev antiqa supurgi yasamoqda. Buning uchun u oddiy plastik idishlardan foydalanadi. "Baklajka" supurgilar 3 xil kattalikda tayyorlanadi. Buning uchun ishlatilgan oq, qora, qo‘ng‘ir, yashil va ko‘k rangli plastik idishlar tanlab olinadi.

5 Oktabr

Bugun kunduz kuni Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida, Toshkent viloyatida kechga tomon ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimolda va cho‘l hududlarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 17-22 daraja iliq bo‘ladi; shimolda 9-14 daraja iliqqacha pasayadi. 

4 Oktabr

Bundan bir necha kun oldin Nukusdagi qimirlab turadigan 1,5 mlrd so‘mlik piyodalar ko‘prigida ishlar to‘liq yakuniga yetkazilmagani haqida xabar bergandik.

2 Oktabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Prezidiumi «1 oktabr – «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat mukofotlari va ko‘krak nishonlari bilan taqdirlash to‘g‘risida»gi qarorni qabul qilindi.

27 Sentabr

Nukusdagi qimirlab turadigan piyodalar ko‘prigida haliyam ishlar to‘liq yakuniga yetmadi. U bundan besh oy oldin foydalanishga topshirilgan.

24 Sentabr

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmalari tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Ko`proq yangiliklar
Top