Qoraqalpoğiston respublikasida bir oilaning beş nafar a’zosi is gazidan vafot etgan. Yana ikki kişi şifoxonaga yotqizilgan.
Boş prokuratura matbuot kotibining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, hodisa 2023 yil 15 dekabr kuni sodir bölgan.
Çimboy tumani, “Keңyes” OFYda yaşovçi fuqarolar qöşni uyda xonadon egasi M.B. va yana 6 nafar oila a’zolari huşsiz holatda yotganini körgan va tez yordam çaqirgan.
Şifokorlar tomonidan tekşirib körilganda xonadon sohibi 1957 yilda tuğilgan M.B., 1961 yilda tuğilgan Z.M., 1986 yilda tuğilgan S.B., 2008 yilda tuğilgan A.A. va 2011 yilda tuğilgan M.A. vafot etgani aniqlangan.
Şuningdek, 1995 yilda tuğilgan T.O. va 2000 yilda tuğilgan A.B. oğir ahvolda huşsiz ekani aniqlanib, tuman tibbiyot birlaşmasiga yotqizilgan.
Tergovga qadar tekşiruv harakatlari davomida qozonxona uyning içida yonib turgani va uşbu holatda is gazidan zaharlaniş alomatlari mavjud ekani ma’lum bölgan.
Mazkur holat böyiça Çimboy tuman prokuraturasi tomonidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borilmoqda va hodisaning kelib çiqiş sabablari örganilmoqda.
Avvalroq, Namangan va Farğona viloyatlarida ikkita oilada tört nafardan odam is gazi tufayli halok bölgandi.
















