Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
29 nafar abituriyentni o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilgan shaxs 83 000 dollar bilan ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmalari tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, tadbirda fuqaro R.E. boshqa bir fuqaro Sh.ga o‘zini Davlat test markazida ishlovchi shaxs sifatida tanishtirib, unga “Ali” ismli tanishi orqali o‘qishga kira olmagan abituriyentlarning ballarini kirish ballariga tenglashtirib, jami 29 nafar abituriyentni o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 83 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:34
1400 dollar olgan hokim yordamchisi ushlandi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
18:29 / 13.06.2026
Toshkentda fuqarodan ming dollar talab qilgan tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimi ushlandi
15:47 / 13.06.2026