Nukusda taksichi velosiped haydovchisini bir zarbada qulatgan holat yuzidan rasmiy ma'lumot berildi

Foto: KUN.UZ
Bir necha kun oldin #Kunmobilmuxbiri Nukus shahrida taksichi va velosiped haydovchisi o‘rtasida janjal kelib chiqqani haqida xabar bergandi. Mobil muxbirning tasvirga olgan videosida taksichi velosiped haydovchisini bir zarbada qulatgani aks etgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV yuqoridagi holat yuzasidan ma'lumot berdi.
Ma'lum bo‘lishicha, mazkur videotasvirda aks etgan holat joriy yil 17 oktyabr soat 15:00lar atrofida Nukusning B. Abdambetov ko‘chasida sodir bo‘lgan. Velosiped va Matiz haydovchilari o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik sabab janjal kelib chiqqan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Nukus shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 4-sonli ichki ishlar bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Jabrlangan fuqaro holati noma'lumligicha qolmoqda.
Bundan oldin Mo‘ynoqdagi "Aral" o‘yingohida muxlislar va futbolchilar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xiaomi Redmi A5’ni taqdim etdi: kuchli kameralar va yuqori samaradorlik yangi dizaynda
O‘zbekiston | 15:00
-
«Xalqaro institutlar bugun samarasiz bo‘lib boryapti» – prezident global iqtisodiy holat haqida
O‘zbekiston | 14:44
-
Latviya o‘zbekistonlik haydovchilarni Boltiqbo‘yi va Skandinaviya mamlakatlarida ishga joylashtiradi
O‘zbekiston | 14:12
-
Reuters: Rossiya harbiy ta’minot uchun AQSh firmasidan foydalanmoqchi
Jahon | 13:53
Mavzuga oid

17:37 / 17.12.2024
Nukus shahri bosh rejasi tasdiqlandi

12:01 / 27.11.2024
Yevropa Ittifoqida velosiped ishlab chiqarish hajmi kamayib bormoqda

11:20 / 22.11.2024
“Qani deputatlar, nega qaramayapti?” - propan narxidan haydovchilar xavotirda

22:55 / 02.11.2024