O‘zbekiston | 16:18 / 13.10.2021
3695
2 daqiqa o‘qiladi

Beruniyda salkam 1 mln dollarlik qarzdorlik undirildi

Beruniy tumanida salkam 1 million AQSh dollarilik qarzdorlik undirib berildi. Bu haqda Kun.uz’ga MIBning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi xabar berdi.

Foto: Paul Yeung/Blomberg

Ma'lum qilinishcha, qarzdor “Bax text Obod” MChJdan undiruvchi TIF Milliy bank Beruniy filiali foydasiga 965 207 30 AQSh dollari kredit qarzi va pochta xarajati undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud bo‘lgan.

Qayd etilishicha, qarz undiruvini qarzdor jamiyatga tegishli bo‘lgan ma'muriy bino va chertak binolari, ishlab chiqarish maydoni hamda tayyor trikotaj (polotno) mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun texnologik liniya uskunalariga qaratish belgilangan.

Majburiy ijro harakatlari ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan kundan tegishli tartibda ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.

Dastlab qarzdor jamiyatning bank hisob raqamlariga “MIB PORTAL” elektron dasturi orqali elektron tarzda inkassa topshiriqnomasi qo‘yilgan va yuqorida ko‘rsatilgan garovdagi mol-mulklar xatlovga olingan.

Xatlangan mol-mulklar elektron onlayn-auksion savdo maydonchasiga chiqarishga tayyorgarlik ko‘rilayotgan paytda qarzdor jamiyat tomonidan belgilangan qarzdorlik 965 ming 207,3 AQSh dollari miqdorida to‘liq to‘lab berilgan.

Shu sababli ijro hujjati O‘zbekiston “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 41-moddasi 1-qismiga asosan tugatilgan.

Oldinroq MIBning Qoraqalpog‘iston boshqarmasi xodimlari nomidan Jo‘qorg‘i Kenges boshlig‘i Murat Kamalov va Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevga shikoyat yo‘llangandi.

Mavzuga oid