Davlat rahbarining 2022 yil 17 mayda imzolangan «Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qöllab-quvvatlaş hamda rağbatlantirişni kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonida Qoraqalpoğiston Respublikasining Taxtaköpir, Çimboy, Qoraözak, Bözatov, Şumanay, Qönğirot tumanlariga borib işlovçi şifokorlarning oylik lavozim maoşiga dastlabki uç yil davomida 100 foiz, Möynoq tumanida esa 200 foiz miqdorida qöşimça har oylik ustama tölovlari tölanişi belgilab berilgan edi. Uşbu farmonning ijrosi qisqa muddatda amaliyotda böy körsatib, hududdagi tibbiyot muassasalarida köplab yoş va malakali tor soha mutaxassislari iş boşladi.
Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati Möynoqqa borib işlayotgan şifokorlar bilan suhbatlaşib, ularning iş faoliyati va hayot tarzi bilan yaqindan tanişdi.

Möynoqda boşqa hududlardan borgan 22 nafar şifokor mehnat qilmoqda
Ayni paytda Möynoqda qöşni Xorazmdan tortib, Samarqand, Toşkent, Farğona va Andijon kabi viloyatlardan kelib mehnat qilayotgan şifokorlarni uçratiş mumkin.
Tuman tibbiyot muassasalarida 71 nafar şifokor faoliyat yuritib, ularning 22 nafari prezidentning tegişli farmoniga asosan boşqa hududlardan kelib işlayotgan tor soha mutaxassislaridir.

«Hali qaytib ketiş niyatim yöq»
Şulardan biri Andijon viloyatining Izboskan tumanidan Sojida Qamariddinova. Sojida opa oliy ta’lim muassasasini tamomlagaç, bir muddat özi yaşaydigan hududdagi şifoxonada işlagan. Prezident farmonidan söng bugun Möynoqqa kelib, şifokor sifatida faoliyat yuritmoqda.
«Hali bu yerdan Andijonimga qaytib ketişni öylaganim yöq. Turmuş örtoğim ham şu yerda işli böldi. Bolalarim maktabga joylaşdi. Özim oila şifokori bölib Möynoq ahliga tibbiy xizmat körsatyapman», — deydi Sojida Qamariddinova.

«Möynoqliklar bizni yaxşi köradi»
Köpçilik dastlab yaqinlardan olisda faoliyat yuritişni öylab, biroz ikkilanişi mumkin. Namanganning Norin tumanidan Möynoqqa kelib işlayotgan şifokor Nigora Qodirova ham şundaylar sirasidan edi. Ammo bugun u qaroridan xursand.






















