Jamiyat | 08:27 / 19.10.2021
2783
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonning uchta tumanida energiya ta'minoti quvvatlari oshirildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan 220 kV kuchlanishli “Beruniy” podstansiyasida “Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari” filiali muhandis-chilangarlari tomonidan rejali ta'mirlash, qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

Foto: Energetika vazirligi

Qayd etilishicha, quvvati 125 MVA bo‘lgan AT-1 transformatori Qoraqalpog‘iston Respublikasining uchta tumani – Beruniy, To‘rtko‘l va Ellikqal'a tumanlarini elektr energiyasi bilan barqaror ta'minlashda muhim omil bo‘lib hisoblanadi.

2021 yilga qadar 220 kVli “Beruniy” podstansiyasida 90 foizdan yuqori yuklama bilan ishlayotgan 1 ta 125 MVAli AT-1 transformatori bor edi. Uning yoniga quvvati 125 MVA bo‘lgan AT-2 — ikkinchi transformator o‘rnatilib, AT-1 transformatorining yuklamasi me'yorga keltirildi. Bu esa elektr ta'minoti bo‘yicha rejalashtirilgan ko‘rsatkichlarni bajarish imkonini berdi.

Yuqorida amalga oshirilgan dasturlarning samaradorligi natijasida Beruniy, To‘rtko‘l, Ellikqal'a tumanlarida kuz-qish mavsumlaridagi elektr ta'minotida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan cheklovlarning oldi olindi. Mavjud ishlab chiqarish korxonalari quvvatlarini kengaytirilishi natijasida elektr ta'minoti mustahkamligi oshirilishiga erishildi.

Oldinroq Qoraqalpog‘iston sahrosidagi 678,2 mln dollarlik IES qanday ishlashi haqida ma'lumot bergandik.

Mavzuga oid