Ma'lum qilinişiça, nukuslik ayol B.Z. 5 yildan buyon avariya holatidagi uyda yaşaşi va kunlar sovib ketişi oqibatida özi va 10 yoşli qizining soğliğiga jiddiy zarar yetayotgani böyiça amaliy yordam sörab ombudsmanga murojaat qilgan.
Mazkur murojaat örganiş uçun ombudsmanning Qoraqalpoğistondagi mintaqaviy vakili Zuxra Reymovaga yuborilgan. Mintaqaviy vakil murojaatçining uy manziliga mas'ul sektor rahbari, mahalla bölim boşliği va fuqarolar yiğini raisi bilan borganida haqiqatan ham fuqaro juda oğir şaroitda yaşayotganiga guvoh bölgan.

Uyning tom qismidagi taxtalarni vahmak (termit) haşaroti yeb bitirayotgani sababli, turar joy avariya holatiga kelib qolgan. Qolaversa, yoğingarçilik bölsa uy tomidan çakki ötadi, isitiş tizimi işlamagani sababli uy doim sovuq va zax holatda böladi.
Örganiş işlari davomida fuqaro B.Z. işsizligi sababli arzon turar joy uçun ipoteka kreditini rasmiylaştira olmayotgani va tölovlarni vaqtida tölaşi uçun ham doimiy işga ega bölişi kerakligini ma'lum qilgan.
Ombudsman vakili Zuxra Reymovaning aralaşuvi bilan murojaatçiga şahar hokimligi balansida turgan Nukus şahar «Yeliabad» MFY hududida joylaşgan xonadon vaqtinça ajratib berildi.

Hozirgi kunda fuqaro B.Z.ni mutaxassisligi böyiça doimiy iş bilan ta'minlaniş çoralari körilmoqda.
Bundan oldin ombudsman vakili Qoraqalpoğistonda fuqarolikni rasmiylaştirişda fuqarolardan 5 mln söm ortiqça jarima undirilgani, 4 ta tumanda 281 murojaatga javob xatlari yuborilmaganini aniqlagandi.
Avvalroq esa Nukus tumanidagi ğişt zavodida işlayotgan 100 dan ortiq mahkumga 3 oylik maoş berilmagani ma'lum bölgandi.
















