Qoraqalpoğiston Respublikasi Beruniy tumani hokimi Atabek Saparbayev hamda Nukus şahri soliq inspeksiyasi boşliği S.Usnatdinov lavozimidan ozod etilgan. Bu haqda Jöqorği Kenges xabar berdi.

Jöqorği Kenges xabarida hokim va soliq inspeksiyasi boşliğining nega lavozimdan olinganiga izoh berilmagan.

Atabek Saparbayev 2018 yildan buyon Beruniy tumaniga hokimlik qilib kelayotgan edi. U hokimlikkaça Qoraqalpoğiston Respublikasi Davlat soliq boşqarmasi boşliği bölib işlagan.

Atabek Saparbayev 2020 yilda prezident farmoniga asosan “Sodiq xizmatlari uçun” medali bilan mukofotlangan.