22 Sentabr

Toshkent shahridagi uchta tuman hokimiga “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi. Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning tegishli farmoyishi 16 sentabr kuni qabul qilindi.

20 Sentabr

Ijtimoiy tarmoqlarda «Surxon» jamoasi futbolchilari va rahbatiyati o‘rtasida maosh to‘lanmaganligi sababli janjal chiqqani to‘g‘risida video tarqalmoqda. Mazkur fakt bo‘yicha quyidagilarni ma'lum qilamiz, deya yozadi Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi.

Toshkent metropolitenida poyezd to‘xtab qoldi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu holat tasvirlangan video tarqaldi. “Toshkent metropoliteni” UK hodisa bo‘yicha izoh berdi.

Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi daraxtlar muhofazasi bo‘yicha tashabbus bilan chiqdi. Tashabbus doirasida shahardagi 100 yosh atrofida bo‘lgan daraxtlar xatlovdan o‘tkazildi. Mutaxassislar bu daraxtlar aynan 100 yosh yoki undan katta deb ta'kidlashmayapti. Daraxtlar 80-90 yillik bo‘lishi ham mumkin.

Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi Yangi Choshtepa mahallasida birorta burchakka ega bo‘lmagan maktabgacha ta'lim tashkiloti quriladi.

18 Sentabr

Bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchisi, 2017 yilda tug‘ilgan Marjona tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Loyiha axborot makonida nogironligi bor shaxslarning ishtirokini kengaytirish va o‘z muammolarini o‘zlari yoritishga imkon berishni ko‘zlagan.

«Malika» savdo majmuasida maxsus kuchlar yurgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent IIBB profilaktik tadbir o‘tkazilayotganini ma'lum qildi.

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida dori vositalari va tibbiyot buyumlarini noqonuniy muomalaga kiritilishi oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

16 sentabr kuni «Adiblar xiyoboni»da Yoshlar ishlari agentligi va Respublika yosh ijodkorlar kengashi tomonidan yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning iqtidorini yuzaga chiqarish maqsadida «Duel» ijodiy tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Nemolchi.uz internet manbasida uch nafar ayolga shilqimlik qilgan taksi haydovchisiga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan chora ko‘rilmayotgani haqida xabar e'lon qilindi. Toshkent shahar IIBB mazkur holat bo‘yicha rasmiy ma'lumot berdi.

17 Sentabr

Operatsiya texnik qiyinchiliklar bilan 14 soat davom etgan bo‘lishiga qaramasdan, barcha jarayonlar ijobiy yakunlangan. Hozirgi paytda bemorning ahvoli barqaror deb baholanmoqda, donor esa palataga o‘tkazilgan.

Ko`proq yangiliklar
Top