Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslaştirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining malakali mutaxassislari tomonidan yana bir ortotopik jigar transplantatsiyasi operatsiyasi muvaffaqiyatli amalga oşirildi.

Soğliqni saqlaş vazirligi Matbuot xizmati xabariga köra, şu yilning avgust oyida ötkazilgan operatsiyadan söng markaz mutaxassislari tomonidan jigarida patologik özgarişlari bölgan köp sonli bemorlarga turli maslahatlar berilgan. Tirik donordan jigarning bir qismini köçirib ötkaziş amaliyoti uçun ana şu bemorlar içidan eng oğir ahvoldagisi tanlab olingandi.

Uçtepa tumanida yaşovçi 32 yoşli Öktam Ahmedovga ayoli, 28 yoşli Farangiz Ahmedovaning jigaridan bir bölagi köçirib ötkazildi.

Operatsiyaga boşçilik qilgan xirurg, professor Mirşavkat Akbarovning ta'kidlaşiça, dastlabki tekşiruvlarda bemorning akasi donorlikka tayyorlanayotgan bölgan. Lekin tekşiruvlar anatomik xususiyatlari tufayli uning jigaridan öng bölagini oliş mumkin emasligini körsatgan. Keyin esa bemorning turmuş örtoği tekşirilib, jigarning öng bölagini oliş uçun barça körsatkiçlar mos kelgan.

Operatsiya texnik qiyinçiliklar bilan 14 soat davom etgan bölişiga qaramasdan, barça jarayonlar ijobiy yakunlangan. Hozirgi paytda bemorning ahvoli barqaror deb baholanmoqda, donor esa palataga ötkazilgan.

– Köz oldingda turmuş örtoğingning kasallikdan sölib borayotganini, bundan farzandlaring ham ezilayotganini köriş ayol kişi uçun juda oğir, — deydi donor Farangiz Ahmedova. — Beş yildirki, turmuş örtoğim jigar xastaligidan aziyat çekadi. Şu vaqtgaça juda köplab şifoxonalarda davolanib, turli muolajalar oldi, lekin foydasi bölmadi.

Söng şifokorlar turmuş örtoğimning kasallikdan töliq soğayib ketişi uçun jigar köçirib ötkaziş jarrohlik amaliyotini ötkaziş zarurligini aytişdi. Atrofdagi köpçilik buning uçun Hindistonga boriş kerakligini va amaliyot ança qimmat ekanini aytdi. Bundan tuşkunlikka tuşgandik. Keyin esa mana şu şifoxonada bunday amaliyot ötkaziş yölga qöyilganidan, dastlab bunday operatsiyani boşdan ötkazgan bemorlarning ahvoli juda yaxşi ekanidan xabar topdik.

Şifoxonaga order orqali kelganimiz uçun mablağ masalasida ham heç qanday muammo bölmadi. Uşbu muassasada turmuş örtoğimga jigarimning bir bölagini köçirib ötkazişdi. Operatsiyadan yaxşi çiqdik. Hozirda turmuş örtoğimning ham, mening ham ahvolimiz yaxşi. Özim yuryapman, ovqatlanyapman.

Turmuş örtoğimni ham bir-ikki kunda palataga olişar ekan. Şifokorlar juda yaxşi qaraşyapti. Fursatdan foydalanib, ularga köpdan köp rahmat aytaman.