Bugun, 18 sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahridagi xalq tilida «Malika» nomi bilan maşhur bölgan buyum bozorida Içki işlar vazirligi maxsus kuçlari yurgani aks etgan videolar tarqaldi. Ularda qora niqobli xodimlar savdo majmuasidagi dökonlar böylab yurganini köriş mumkin.

Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi holat yuzasidan izoh berdi. Ma'lum qilinişiça, «Malika» savdo majmuasi joylaşgan Şayxontohur tumanida IIBB xodimlari tomonidan «Xavfsiz şahar» konsepsiyasi ijrosi doirasida hamda jamoat tartibini ta'minlaş, jinoyatlarning oldini oliş, giyohvandlik vositalari tarqalişiga barham beriş maqsadida profilaktik tadbirlar ötkazilmoqda.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 12 sentabr kuni Toşkentdagi «Malika» savdo majmuasi oldida telefon savdosi bilan şuğullanuvçi bir neça fuqarolar örtasida piçoqbozlik oqibatida bir kişi vafot etgan edi.