Qayd etilişiça, Departament Şayxontohur tuman bölimi tomonidan DBQ va IIV xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro L.A. heç qanday hujjatlari bölmagan tibbiy buyumlar turkumiga kiruvçi jami 20 000 dona rentgen plyonkalarini xaridorga 14 000 AQŞ dollariga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan. 

Bundan taşqari, Departament hamda DXXning Şayxontohur tumani bölimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar D.V., S.X. va I.J. kuçli ta'sir qiluvçi 100 dona “Regapen” nomli dori vositasini 2,5 mln sömga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlanib, ulardan jami 112 dona “Regapen” nomli dori vositalari aşyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan taşqarida realizatsiya qiliş, şuningdek tarkibida kuçli ta'sir qiluvçi moddalar mavjud bölgan dori vositalarini retsept böyiça çakana realizatsiya qiliş tartibini buziş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.