9 Oktabr

12:25

“Rossiya va Xitoy AQShning o‘rnini egallash payida” - o‘zbek ekspertlari Afg‘onistondagi vaziyat haqida

Sentyabr oxirida “Tolibon” rasmiylari va o‘nga yaqin davlatning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillari Moskva formatidagi 5-uchrashuvga yig‘ildi. Xo‘sh, toliblar bilan bu kabi muloqotlardan foyda bo‘lyaptimi, ular bilan nimalar gaplashilyapti, Afg‘onistonda kimning qanaqa manfaati bor? “Geosiyosat”ning navbatdagi sonida o‘zbek ekspertlari shu haqda so‘z yuritdi. Batafsil

11:12

“Mamlakat qisman cho‘lga aylanmoqda, shaharlari zaharli changga botgan" – Yevroparlament deputati O‘zbekiston haqida

Yevroparlamentning germaniyalik deputati Viola von Kramon Strasburgdagi majlisda ittifoqni Markaziy Osiyoga yaqinroq bo‘lishga chaqirib, o‘zbek xalqi Xitoy va Rossiyadan muqobil demokratiyaga loyiqligini aytdi. Shunda odamlar hayotini yaxshilash va noyob ekotizimni asrash uchun ko‘proq ish qila olish mumkin, degan nemis siyosatchisi. Batafsil

8 Oktabr

19:29

Isroilga 50 yil ichidagi eng yirik hujum. So‘nggi ma’lumotlar

Yuzlab kishilar o‘ldirilgan, minglab kishilar yaralangan. Isroil armiyasi G‘azoni o‘z nazoratiga olishni maqsad qilgan. OAV Isroil nima uchun hujumga tayyor bo‘lmagani borasida savol bermoqda. Batafsil

14:59

Afg‘onistonda kuchli zilzila: qurbonlar soni ikki mingdan oshdi

Afg‘oniston g‘arbidagi kuchli zilzila qurbonlari soni ikki ming kishiga yetgan. Bu haqda mamlakatni boshqarayotgan «Tolibon» rasmiysi yakshanba kuni ma’lum qildi. Batafsil

7 Oktabr

22:30

Yaqin Sharqda yana urush. Asosiy ma’lumotlar

HAMASning 7 oktyabr tongida boshlangan raketa zarbalari va ko‘cha janglari oqibatida kamida 100 nafar isroillik halok bo‘lib, 900 dan ortiq kishi yaralangan. Avvaliga kichik diversiyaga o‘xshab ko‘ringan hujum yoppasiga raketa zarbalari bilan kechdi. Batafsil

22:01

“Al-Aqso to‘foni” qanday geosiyosiy fonda ro‘y bermoqda?

7 oktyabr tongida HAMAS Isroil tomon yoppasiga raketa hujumlarini amalga oshirib, ayrim aholi punktlarini nazoratga olishga intila boshladi. Buning ortidan Isroil ham G‘azo bo‘lgasiga javob zarbalarini yo‘llamoqda. Kun.uz muxbiri vaziyatni tahlil qilish uchun siyosatshunos Kamoliddin Rabbimovga savollar bilan yuzlandi. Batafsil

20:29

Osiyo o‘yinlari kundaligi. Yana ikki oltin va yangilangan rekord

Bir kunda yana 7 medal qo‘lga kiritildi. O‘zbekiston delegatsiyasi oltin medallar va jami medallar soni bo‘yicha Osiyo o‘yinlari tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etdi. Batafsil

17:25

Mirziyoyev, Putin va To‘qayev Rossiya gazi Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga yetkazilishi jarayoniga start berdi

14:30

“Bu yer biznes qiladigan joy emas” - faollar Botanika bog‘i taqdiridan xavotirda

Toshkentdagi yashillikdan iqtisodiy manfaatlarda foydalanish noto‘g‘ri, deydi Botanika instituti direktori Komiljon Tojiboyev. Faqatgina tor doira vakillarining manfaati ko‘zlanyapti, boshqa narsa emas deydi institutning yana bir olimi. Bog‘ning maqomini o‘zgartirish uning alohida ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan uzoq yillik kolleksiyalarining yo‘qotilishiga olib keladi, deb hisoblaydi Oliy Majlis Senati.  Batafsil

11:44

G‘azo sektoridan Isroilga o‘nlab raketalar uchirildi

6 Oktabr

23:35

O‘zbekiston Rossiyadan yiliga 2,8 mlrd metr kub gazni tijoriy shartnoma orqali xarid qiladi - Sherzod Asadov

22:16

Mukofot olgan artistlar portalini yaratish uchun budjetdan salkam yarim milliard so‘m sarflanadi

18:46

Osiyo o‘yinlari kundaligi. Xafa qilingan Anvar, yig‘lagan Akbar va yagona oltin

O‘zbekiston vakillari bugun bir oltin, ikki kumush va bir bronza medal bilan kifoyalanishga majbur bo‘ldi. Batafsil

17:31

Soliq qo‘mitasi Yandex Go'dan O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tib, soliq to‘lashni talab qildi

Rossiya taksi agregatoriga nisbatan noroziliklar fonida, soliq organi kompaniyadan O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tib, belgilangan soliqlarni to‘lash va mijozlarga chek bera boshlash talabini qo‘ydi. Bu talab 1 dekabrgacha bajarilmasa, Yandex Go O‘zbekistonda bloklanishi mumkin. Batafsil

17:08

Botqoqlikka aylangan Bo‘zsuv va Salar: muammolar girdobidagi hudud e’tiborga muhtoj

Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasi, Respublika perinatal markazi, Bo‘zsuv va Salar kanallari atrofi maishiy muammolar ichida qolib ketgan. Chiqindiga to‘lgan yo‘l chetlari-yu Bo‘zsuv va Salar kanallari, tartibsiz joylashadigan yuk mashinalari... Qachonlardir yashil va obod bo‘lgan hududning aholisini hozircha hech kim tinglayotgani yo‘q. Batafsil

08:50

O‘zbekistonda chang bo‘ronlariga sabab bo‘luvchi omillar ma’lum qilindi

01:47

Germaniyadagi Alisher Usmonov bilan bog‘liq obektlarda yangi tintuvlar o‘tkazildi – OAV

00:12

Rossiya harbiy xarajatlarni oshirdi, G‘arbda o‘q-dorilar tugamoqda, Prigojin samolyotini hech kim urib tushirmadi - Putin

Vladimir Putin «Valday» xalqaro munozara klubida qariyb 4 soat gapirdi. U dunyo qanday tuzilishi kerakligi, G‘arb va Ukrainadagi urush sabablari, Prigojinning halokati haqidagi ko‘plab savollarga javob qaytardi. Batafsil

00:03

Rossiya oktyabr oyidan Qozog‘iston va O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni boshlaydi - Putin

5 Oktabr

21:27

Bayden Saudiya va Isroilni yarashtirmoqchi. Falastin masalasi nima bo‘ladi?

Jo Bayden birinchi prezidentlik muddati tugab borayotgan bir vaqtda Yaqin Sharqdagi vaziyatni o‘nglash uchun vositachi bo‘lishga qaror qildi. Saudiya Arabistoni va Isroil oxirgi bir necha oy davomida munosabatlarni normallashtirishni muhokama qilmoqda. Yaqin Sharqdagi vaziyatni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan megakelishuv hozirlanmoqda. Bu amalga oshadimi? Batafsil

16:21

Qirg‘izistondagi mashhur jinoiy avtoritet Kolya Qirg‘iz o‘ldirildi. U haqida nimalar ma’lum?

AQSh o‘z vaqtida ushbu «vorzakon» haqidagi ma’lumot uchun 5 mln dollar mukofot e’lon qilgandi. Batafsil

15:06

O‘zbekistonda sezilarli ko‘p energiya ishlatuvchi xonadonlarni subsidiyalash qisqaradi

1 noyabrdan boshlab, xonadonlarning oylik energiya iste’moli 1000 kWhdan oshgan taqdirda, bu miqdordan ortiq hajmdagi energiya uchun 2 barobardan 4 barobargacha oshirilgan tariflarda hisob-kitob qilinadi. Bu tartib respublikadagi 7,6 millionta xonadonning qariyb 150 mingtasiga – aksar holatlarda o‘ziga to‘q yoki badavlat aholi qatlamiga ta’sir qiladi. Batafsil

09:26

Odam savdosi uchun qidiruvga berilgan ayol Ummondan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

07:22

Elektr energiyasini hisoblash bo‘yicha yangi billing tizimi 2024 yil oxirigacha joriy etiladi

00:33

Kevin Speysi qo‘li uvishib qolgani uchun shifoxonaga olib borilgan

4 Oktabr

21:48

Grin-karta mavsumi boshlandi

18:09

Qorabog‘ni deyarli barcha armanlar tark etdi. Xonkandining huvullagan ko‘chalaridan suratlar

BMT ma’lumotiga ko‘ra, bu yerda qolgan aholi soni mingga yetmaydi. Batafsil
Top