Ayni kunlarda Toşkentdagi Bözsuv va Salar kanallari juda açinarli holatda, deyarli botqoqlikka aylanib qolgan. Kanallar na öt-ölanlardan, na çiqindilardan tozalangan, ya’ni atrofi qarovsiz va çiqindilar yiğiladigan hududga aylanib qolgan.

Holbuki, mahalliy aholining eslaşiça, bu yerlar 10 yilça avval köm-kök daha bölgan. Hozir esa daraxtlar kesilgan, uning örnini esa bahaybat yuk maşinalari egallagan.

Piyodalar yöli masalasi esa alohida mavzu, ya’ni u deyarli mavjud emas. Masalan, Universitet köçasidan Salar kanaligaça piyodalar yölagi yöqligi bois yölovçilar maşina yölining bir qismidan yurişga majbur. Bu esa piyodalarning xafsizligiga ham, yöl tartib-qoidasiga ham mutlaqo töğri kelmaydi.

Şu yölning qarama-qarşi tomoni – Toşkent Pediatriya tibbiyot instituti klinikasiga eltuvçi yöl quriliş uçun möljallangan oğir maşinalar turar joyiga aylantirilgan. Yuk maşinalarning turar joyi bölmagan bu hududning endilikda band etilgani piyodalar va talabalarga noqulaylik tuğdirmoqda. Bu maydon qaçonlardir sölim xiyobon bölgan.

Noqulayliklar hamda atrof-muhitning tobora qarab bölmas ahvolga aylanib borayotgani mahalliy aholi, şuningdek, institut talabalarining noroziligiga ham sabab bölmoqda. Talabalarning aytişiça, hozirda yöllar tirband, piyodalar yölagi yöq, bori ham ta’mirtalab.

Tez orada sovuq kunlar kelişi, yoğingarçiliklarining boşlanişi noqulayliklarni yana ham oşiradi.

Mahalla aholisi, Respublika perinatal markaziga taşrif buyuruvçilar (bemorlar va ularning yaqinlari) hamda talabalar uçun har jihatdan noqulay bölib qolgan bu hudud Toşkent şahar va Yunusobod tuman hokimliklarining e’tiboriga muxtoj.

Qolaversa, yuk avtomobillari va maxsus texnika vositalari betartiblik “bekati”ga aylantirgan joylar ham tegişli idoralarning nazoratiga olinmasa bölmaydigan holatga kelib qolgan.