Qirğiziston poytaxti Bişkek şahrida 4 oktyabr kuni maxsus operatsiya davomida qonunlarga bepisand öğri Qamçibek Qölboyev yöq qilindi. Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi matbuot markazi uyuşgan jinoiy guruh rahbarini uşlaş amaliyoti vaqtida u qurolli qarşilik körsatgani va otib öldirilganini ma’lum qilgan.

«Qamçibek Asanbekning qurol bilan MXDQ xodimlarining hayoti va soğligiga tajovuzkorona harakatlari natijasida maxsus bölinma xodimlari javob tariqasida öq uzişga majbur bölgan», — deyiladi maxsus xizmatlarning rasmiy xabarida.

Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi Qamçibek Taşiyev ham Qölboyevning yöq qilinişini izohladi.

«Men MXDQ raisi sifatida köp bor ogohlantirdim. Hamma qonunbuzarlar qonun oldida javob berişadi deb köp takrorlab keldim. Şunga qaramasdan, keçagi voqeada jinoyat olami yana boş kötardi. MXDQ maxsus operatsiyasiga qarşilik körsatdi. Ular bizning xodimlarga qöl kötarişgani, öt oçişgani haqida ma’lumotga egasizlar. Şu bois, qonunlarga bepisand öğri yöq qilindi.

Men kriminal avtoritetning yon-atrofida bölganlarning barçasiga rasman ta’kidlab ötmoqçiman. Agar kimdir qonunni buzişga urinsa, noqonuniy xatti-harakatlarga qöl ursa, qonun doirasida jazolanadi. Jazolanganda ham qat’iy jazolanadi. Agar biror jinoiy töda boş kötarsa, biz bu boşni kesamiz. Men buni oçiq aytyapman. Şuning uçun yana bir bor eslataman, agar kriminal avtoritetning yon-atrofidagi kimdir qonunlarni buzişga urinsa, biz qonun doirasida uni qat’iy jazoga tortamiz», — degan Taşiyev.

Qölboyev 5 oktyabr kuni özi tuğilgan Çölponotada dafn etildi. Uning janoza marosimida 5 mingdan ziyod kişi iştirok etgani xabar qilingan.

Qamçibek Qölboyev — şubhasiz, kuçişlatarlar uçun yoqimsiz şaxs bölgan. U bilan hisoblaşişga majbur bölişgan. Turli davrlarda u köplab siyosatçilar, jumladan, davlatning birinçi şaxslari bilan aloqada bölgan. Qirğizistonning 24.kg tahririyati eng katta ta’sir kuçiga ega bölgan kriminal yetakçilardan birining hayotidan xarakterli faktlarni töplab çiqdi