TASS xabariga köra, Putin avvalroq Markaziy Osiyoga Rossiyada işlab çiqarilgan gaz heç qaçon yuborilmaganiga e’tibor qaratgan. 

Endi Rossiya Federatsiyasi gazi Özbekistonga Qozoğiston orqali tranzit yöl bilan keladi, uning bir qismi esa Qozoğistonga ham yetkazib beriladi. 

Rossiya prezidentining sözlariga köra, bu butun mintaqaning energiya xavfsizligini mustahkamlaşga qaratilgan özaro manfaatli loyihadir.

2022 yil noyabr oyida Rossiya Qozoğiston va Özbekiston bilan «uçtomonlama gaz ittifoqi»ni tuziş rejalari haqida ma’lum qilgandi. 

2023 yil may oyida Qozoğiston hukumati Rossiyadan Özbekistonga gaz tranziti böyiça muzokaralar boşlanganini e’lon qildi. 

Iyun oyida Özbekiston Rossiya bilan 2,8 milliard kub metr gaz yetkazib beriş böyiça ikki yillik şartnoma tuzdi. Kelişuv kuniga 9 million kub metr gaz importini nazarda tutadi. 

Gaz yetkazib beriş 1 oktyabrdan boşlanişi e’lon qilingan edi. Biroq, keyinçalik oktyabr oyi oxiriga qoldirildi.