Mavjud ma’lumotlarga köra, sönggi kunlarda 100 mingdan ortiq kişi Qoraboğni tark etganidan keyin, bu yerda qolgan etnik armanlar soni 1000 nafarga yetmaydi. Bu haqda hududga 30 yil içidagi ilk taşrifini amalga oşirgan BMT missiyasi xabar berdi.

BMT missiyasi regionga yakşanba kuni tongda kelgan, uning asosiy vazifasi humanitar vaziyatga baho beriş hisoblanadi.

BMTning Ozarboyjondagi doimiy koordinatori hamda agentlikning boşqa yuqori martabali xodimlari boşçiligida ötkazilgan safar yakunlariga köra e’lon qilingan bayonotda missiyaning kuzatuvlari va bu yerda qolgan mahalliy aholi vakillari bilan suhbatlari tasvirlangan.

BMT xodimlari Agdamdan Xonkandigaça (armanlar Stepanakert deb ataydi) borgan. Qayd etilişiça, Xonkandining ular borgan qismlarida fuqarolik infratuzilmasi, jumladan, şifoxonalar, maktablar va turar joy binolari, madaniy va diniy obidalarga heç qanday zarar yetkazilmagani aniqlandi. Şuningdek, öt oçişni töxtatiş rejimidan keyin kuç işlatiş holatlari haqida xabarlar bölmagan.

Ammo missiya a’zolari şahar böşab yotganidan hayratga tuşişgan.

«Missiya mahalliy aholi uylarini naqadar tezlik bilan tark etgani va ular qanday azoblarni boşdan keçirganidan hayratda qoldi. Biz suhbatdoşlardan eşitişimizça, butun Qoraboğ hududida 50 dan 1000 nafargaça etnik arman qolgan», deyilgan bayonotda.

Qoraboğ qutqaruv xizmati vakili Xunan Tadevosyan yakşanba kuni Xonkandida qolgan aholini «bir qöl barmoqlari bilan sanaş» mumkinligini aytgandi.

Yakşanba kuni Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti 100 mingdan ortiq arman Qoraboğdan Armaniston hududiga ötgani haqida xabar berdi.

Armaniston hukumati duşanba kuni keçqurun holatiga Qoraboğdan u yerda Ozarboyjonning sönggi harbiy amaliyotiga qadar yaşagan 100,5 ming kişi qoçib kelgani haqida ma’lum qildi.

Dam oliş kunlarida Al Jazeera telekanalida namoyiş etilgan kadrlarda Xonkandining markaziy maydoni böşab yotgani, hudud çiqindilar, taşlab ketilgan aravaçalar va samokatlar bilan tölgani aks etgan.

BMT missiyasi Loçin yölagi böylab çegara punkti tomon harakatlangan va yölda avtomobillarga duç kelmagan. Guruh a’zolarining sözlariga köra, hozirda mahalliy aholining kelgusida bu yerga qaytiş niyati bor yoki yöqligini aniqlaş qiyin.