Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektr energiyasini hisoblash bo‘yicha yangi billing tizimi 2024 yil oxirigacha joriy etiladi
2024 yil oxirigacha «Hududiy elektr tarmoqlari» korxonalarida aholiga yetkazib beriladigan elektr energiyasini hisobga olishning yangi billing tizimini ishlab chiqish va joriy etish rejalashtirilgan.
«Hududiy elektr tarmoqlari» korxonasiga 2024 yil oxirigacha aholiga yetkazib berilgan elektr energiyasini hisobga olishning yangi billing tizimini joriy etish topshirildi.
Bu O‘zbekiston prezidentining 28 sentabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasi ulgurji va chakana bozorlari mexanizmlariga bosqichma-bosqich o‘tish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»da nazarda tutilgan.
2023 yil oxiriga qadar yangi billing tizimiga texnik talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash rejalashtirilgan. Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi Uzinfocom yagona integratori bilan billing tizimini rivojlantirish bo‘yicha shartnoma imzoladi. 2024 yilning fevraliga qadar Toshkent shahri iste’molchilarini unga test rejimiga o‘tkazish, kelasi yil oxirigacha to‘liq amalga oshirilishini ta’minlash rejalashtirilgan.
Hukumatning 2017 yil 14 sentabrdagi qarori bilan O‘zbekistonda 2020 yil oxirigacha kommunal xizmatlar uchun yagona hisob-kitob tizimini yaratish rejalashtirilgan edi.
Mavzuga oid
08:50 / 13.07.2026
Xitoy energiya sohasida yangi jahon rekordini o‘rnatdi
22:18 / 05.07.2026
Iyunda sabzavotlar narxi tushdi, energiya va benzin qimmatlashdi - Statqo‘m
10:30 / 04.07.2026
O‘zbekistonda 11 ta chiqindidan energiya ishlab chiqarish zavodi quriladi
08:16 / 19.06.2026