Özbekistonda 1 noyabrdan boşlab xonadonida örtaça iste’mol miqdoridan köp elektr energiyasi işlatuvçi iste’molçilar tabaqalaştirilgan tarzda yuqoriroq tarifda haq tölay boşlaydi.

Ma’lum bölişiça, 2023 yil 15 iyuldagi hukumat qarori bilan, Elektr energiyasidan foydalaniş qoidalariga 63-3-band qöşilgan.

Unga köra, 2023 yil 1 noyabrdan e’tiboran, elektr energiyasining quvvati örtaça oylik iste’mol miqdoridan oşib ketgan III guruh (xonadonlar) iste’molçilariga:

  • 1001 kWhdan 5000 kWhgacha iste’mol uçun belgilangan tarifga nisbatan 2 barobar;
  • 5001 kWhdan 10 000 kWhgacha iste’mol uçun belgilangan tarifga nisbatan 3 barobar;
  • 10 000 kWhdan yuqori iste’mol uçun belgilangan tarifga nisbatan 4 barobar ösuvçi koeffitsiyent qöllaniladi.

Hozirda maişiy iste’molçilar uçun elektr energiyasi tarifi 1 kWh uçun 295 sömni taşkil etadi.

Şunga muvofiq, 1 noyabrdan boşlab, xonadonda oylik elektr energiyasi iste’moli:

  • 1001 kWhdan oşganda, 1001 dan 5000 kWhgacha oraliqdagi iste’mol uçun 590 sömdan;
  • 5001 kWhdan oşganda 5001 dan 10 000 kWhgacha oraliqdagi iste’mol uçun 885 sömdan;
  • 10 000 kWhdan oşganda esa 1180 sömdan hisob-kitob qilinadi.

Bu nima uçun muhim?

Özbekistonda elektr energiyasini aholiga arzonroq yetkazib beriş maqsadida subsidiyalangan narxlar amal qiladi. Bunda, elektr energiyasini işlab çiqariş, yetkaziş va taqsimlaş xarajatlari hamda aholi uçun belgilangan tariflar örtasidagi manfiy farq davlat budjeti hisobidan qoplanadi.

Energetika vazirligiga köra, bir yilda örtaça 1,15 mlrd dollar mablağ aholi xonadonlarining energetik ehtiyojini subsidiyalaş uçun sarflanyapti.

Subsidiyalaşning 1 noyabrgaça amalda böladigan şakli jamoatçilik faollari, iqtisodçilar va xalqaro taşkilotlar tomonidan ijtimoiy adolatsiz deya e’tirof etilgan. Ya’ni subsidiya barça uçun birdek ajratilgani uçun, subsidiyalangan narxdagi energoresursni kim köproq sarflasa, u davlatdan şunça köproq subsidiya oladi. Bu esa energoresurslarni boşqalarga qaraganda sezilarli darajada köp sarflaydigan badavlat qatlamning juda katta xarajatlari davlat budjetidan qoplab berilişiga olib kelmoqda.