Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Valday» xalqaro munozara klubining 20-yiğilişi yalpi majlisida iştirok etdi. Putin nutq sözlab, Ğarbni va uning «dunyodagi ta’sirini» tanqid qildi, şuningdek, dunyo qanday tuzilişi kerakligi haqidagi qaraşlarini bayon etdi. Keyin boşqa iştirokçilar bilan «munozara» davomida savollarga javob berdi. Rossiya prezidentining töliq nutqi Kreml saytida e’lon qilindi. Meduza uning nutqidan asosiy iqtiboslarni keltirdi.
Putinning nutqi mazmuni (qisqaça)
Qariyb 20 yil avval klub yiğilişida ilk bor uçraşganimizda mamlakatimiz öz taraqqiyotining yangi bosqiçiga qadam qöygan edi. Biz bor kuç-ğayratimiz va ezgu niyatimiz bilan yangi, bizga adolatli köringan dunyoni quriş jarayonlariga qöşildik. Ba’zilar bizning konstruktiv hamkorlikka tayyorligimizni notöğri tuşunişdi - ular buni Rossiya boşqa birovning yöl-yöriğiga ergaşişga, kimningdir manfaatlaridan kelib çiqişga tayyorligini tan olişi deb tuşunişdi. Şunça yillar davomida biz bir neça bor ogohlantirganmiz: bunday yondaşuv harbiy töqnaşuv xavfi ortişiga olib keladi. Lekin heç kim bizni tinglaşni xohlamadi.
Ğarbdagi «hamkorlarimiz» takabburligi quyuşqondan çiqdi. AQŞ va uning şeriklari harbiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy va qadriyatlar gegemonligi sari qat’iy yöl tutdilar. Ğarb asrlar davomida koloniyalarni talon-taroj qiliş orqali, butun sayyorani talon-taroj qiliş orqali gullab yaşnadi. Ğarb tarixi mohiyatan çeksiz ekspansiya solnomasidir.
Biz muttasil oşib borayotgan harbiy-siyosiy bosimga javob berişimiz kerak. Men «Ukrainadagi uruş»ni boşlamaganimizni bir neça bor aytganman. Biz uni tugatişga harakat qilyapmiz. Ğarbning bevosita kömagida Kiyev rejimi boşlagan uruşga bugun ön yil böldi va uni töxtatiş uçun maxsus harbiy operatsiya ötkazilmoqda. Ukraina inqirozi hududiy mojaro emas. Savol ança kengroq va muhimroq: biz yangi dunyo tartibi asoslanadigan tamoyillar haqida gapiryapmiz.
Ğarbga doimo duşman kerak. Rossiya - Ğarb siyosatçilarining sevimli mavzusi. Ğarb elitasi Xitoymi, Hindistonmi, arab davlatlari yoki musulmonmi, özini mustaqil tutadigan har bir kişidan duşman yasaşga harakat qilmoqda. Qöşma Ştatlar xavfsizlik va iqtisodiy sohadagi qarorlarni Yevropaga majburan singdirmoqda. Ğarblik «hamkasblar», ayniqsa Qöşma Ştatlardan, kim özini qanday tutişi kerakligini oçiq-oydin surbetlarça örgatmoqda. Umuman olganda, kim bölibsiz özi? Közingizni oçing, mustamlakaçilik davri allaqaçon tugadi deb aytging keladi.



















