Uçqörğon tumanidagi davlat maktabgaça taʼlim taşkilotida yuz bergan voqeani örganiş, masʼullarning xizmat vazifasiga loyiqligini körib çiqiş böyiça Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan işçi guruh tuzildi. Vazirlik holat yuzasidan rasmiy munosabat berdi.

Munosabatda voqeaga aloqador hamda öz işiga masʼuliyatsizlik bilan yondaşgan tizimdagi barça xodimlar va mansabdor şaxslarga nisbatan tegişli taşkilotlar vakolati doirasida zarur çoralar körilişi, aybdorlar jazolanişi bildirilgan. 

“Taʼlim taşkilotining voqeaga daxldor, deb gumon qilingan xodimlari bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilingan”, deyiladi vazirlik munosabatida.

Qöşimça qilinişiça, bu kabi salbiy holatlar boşqa boğçalarda ham takrorlanmasligi uçun vazirlikning maxsus işçi guruh aʼzolari tomonidan hozirda barça davlat maktabgaça taʼlim taşkilotlari xodimlari tekşirilmoqda.

Avvalroq Uçqörğon tumanidagi davlat boğçasida 5 yoşli qizaloq 52 yoşli xöjalik işlari bölimi mudiri tomonidan zörlab kelingani xabar qilingandi. Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçi uşlangan va ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan.

Boğça direktori holatni örgangan Kun.uz muxbiriga “voqea sodir bölgan kuni mehnat taʼtilida bölganini” aytgandi.