Şavkat Mirziyoyev Kaspiy dengizi hududida maşğulotlar paytida harbiy xizmatçilar halok bölgani munosabati bilan Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev va Qozoğiston xalqiga hamdardlik yölladi. Bu haqda Özbekiston prezidenti matbuot kotibi Şerzod Asadov xabar bermoqda.
Davlat rahbari halok bölganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik tiladi.
24-sentabr kuni Qozoğiston ğarbidagi Manğistau oblastida mamlakat harbiy-dengiz kuçlari maşğulotlari vaqtida 17 nafar harbiy xizmatçi kuçli şamol tufayli Kaspiy dengiziga oqib ketgan.
Qozoğiston mudofaa vazirligi uşbu fojiaga öquv-jangovar topşiriqni bajariş vaqtida ob-havo şaroiti tösatdan keskin yomonlaşişi oqibatida yuz berganini maʼlum qilgan. Bu vaqtda sohilga desant tuşiriş böyiça maşğulot ötkazilayotgandi, kuçli şamol va tölqin harbiylarni dengiz içkarisiga olib ketgan.
Harbiylardan uç nafari qutqarib qolingan, qidiruv-qutqaruv amaliyoti 25-sentabr tongiga qadar davom etgan, suvdan 14 nafar harbiy xizmatçining jasadi olib çiqilgan.
Halok bölgan harbiylardan 12 nafari – muddatli harbiy xizmatga çaqirilgan askarlar bölgan, qurbonlar orasida bir leytenant va bir serjant ham bor.
Vazirlik halok bölgan harbiylarning oilalariga zarur bölgan yordam körsatilişini maʼlum qilgan.
25-sentabr Qozoğistonda halok bölgan harbiylar xotirasi uçun motam kuni deb eʼlon qilingan.









