O‘zbekiston davlat san'at muzeyidan o‘g‘irlab ketilgan suratlar Rossiyadan ortga qaytarildi
O‘zbekiston maxsus xizmatlari shov-shuvlarga sabab bo‘lgan O‘zbekiston davlat san'at muzeyidan suratlarning o‘g‘irlab ketilishi bilan bog‘liq jinoiy ish haqida yangi tafsilotlarni ma'lum qilishdi.
O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston davlat san'at muzeyning sobiq rahbari Mirfayzi Usmonov muzeyning boshqa xodimlari bilan til biriktirgan holda asl nusxalarni soxtalari bilan almashtirish orqali davlatga 47,5 mlrd so‘mlik zarar keltirgan. 68 mingga yaqin suratlarni inventar tekshirish natijasida 178ta kartina soxtalashtirilgani, 2tasining yo‘qolgani aniqlandi.
Jumladan, jinoiy guruh muzey fondidagi 7ta suratni Rossiya fuqarosi Tair Tairovga 5,1 ming AQSh dollariga pullagani ma'lum bo‘ldi.
Rossiya Federatsiyasida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida A.Nikolayevning “Meva ko‘targan qiz”, N.Karaxanning “Hovuzdagi qiz”, O.Tatevosyanning “Baliq ovida”, “Choyxona”, “Urgut yo‘lida”, M.Zommerning “Tog‘ daryosi bo‘ylab o‘tgan ko‘prik” va “Kabobxona” kartinalari muzeyga qaytarildi.
Mazkur jinoiy ish yuzasidan muzeyning 13 xodimi tegishli jazoga tortildi.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Davlat departamenti Kongressni USAID tarqatib yuborilishi haqida xabardor qildi
Jahon | 00:27
-
AQSh harbiylar uchun miya implantlari ustida ish olib bormoqda
Jahon | 00:16
-
Toshkentda hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan qator ko‘chalar yopiladi
Jamiyat | 23:27 / 28.03.2025
-
Ukraina armiyasi Belgorod oblastida bir necha aholi punktini egallagan: ko‘priklar portlatilmoqda
Jahon | 23:20 / 28.03.2025