Şunday yirik sport loyihalaridan biri - futbol va mini-futbol böyiça «Davlat xavfsizlik xizmati kubogi» musobaqalaridir.

Joriy yilda ham musobaqa respublika böylab keng kölamda taşkil etildi. Aprel–may oylarida tuman va şaharlar bosqiçlari ötkazilgan bölsa, iyun–iyul oylarida bahslar viloyat darajasida davom etdi. Musobaqalarda jami 262 ming nafardan ortiq yoşlar iştirok etdi.

Hududiy bosqiçlarda ğolib çiqqan va respublika bosqiçiga yöllanma olgan 42 ta jamoa 17–22-avgust kunlari «Bunyodkor» futbol akademiyasi maydonlarida ğoliblik uçun bahs olib bordi.

Murosasiz keçgan uçraşuvlarda har bir jamoa öz mahallasi va hududi şarafini munosib himoya qilişga intildi.

Iştirokçilarning musobaqadan böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş maqsadida poytaxtning diqqatga sazovor maskanlariga sayohatlar ham uyuştirildi. Bu esa turli hududlardan kelgan yoşlar örtasida döstlik va birdamlik muhitini yanada mustahkamlaşga xizmat qildi.

Mini-futbol ğoliblari

Öğil bolalar örtasida mini-futbol böyiça Qaşqadaryo viloyati jamoasi boş sovrinni qölga kiritdi. Toşkent şahri jamoasi ikkinçi, Namangan viloyati jamoasi esa uçinçi örinni egalladi.

Ğolib jamoa vakillari istiqomat qiladigan mahallaga zamonaviy mini-futbol maydoni qurib beriladi. Ikkinçi örin sohiblari mahallasi universal sport maydoni, uçinçi örinni egallagan jamoa mahallasi esa stritbol maydoni bilan taʼminlanadi.

Qizlar örtasidagi mini-futbol bahslarida Toşkent viloyati jamoasi birinçi örinni egalladi. Samarqand viloyati jamoasi ikkinçi, Toşkent şahri jamoasi uçinçi böldi.