22–23-avgust kunlari Latviya, Litva va Estoniya, şuningdek, Polşa Belarus hududlaridan kuçli «Priska» sikloni ötdi. Kuçli yomğir va soniyasiga 30 metrdan yuqori tezlikda esgan şamol bilan keçgan böron tufayli kamida ikki kişi halok bölgan. Qurbonlardan biri – Litva şimoli-şarqidagi Anikşay rayonida röyxatga olingan, uni daraxt bosib qolgan. Latviyaning Yelgava şahrida esa yana bir kişi qulagan bino xarobalari ostida qolib ketgan.

Latviyada 14 kişi tibbiy yordam sörab murojaat qilgan, ulardan ayrimlarining jarohati jiddiy. Odamlar aksar hollarda daraxt yoki daraxt şoxlari qulaşidan jabrlangan. Ayrimlar ustiga daraxt qulagan avtomobillar içida qamalib qolişgan. Riga şahri aeroporti reyslar keçikişi mumkinligidan ogohlantirib, yölovçilarga parvozlar haqidagi maʼlumotlar yangilanişini kuzatib borişni tavsiya qilgan.

Litvadagi qutqaruv xizmatlari ham juda köp joylarda daraxtlar qulagani va buning oqibatida bir kişi jarohatlangani haqida xabar bergan.

Kaunas, Litva
Trakay, Litva

Böron tufayli elektr taʼminotida uzilişlar yuzaga kelgan. Buning asosiy sababi daraxtlar yiqilişi oqibatida elektr uzatiş liniyalari uzilişi bölgan. Latviyada 250 mingdan ortiq uy xöjaligi elektrsiz qolgan, Litvada – 150 mingdan ortiq; Estoniyada şanba kuni keçqurun elektrdan uzilgan uy xöjaliklari soni qariyb 3,5 mingtani taşkil etayotgandi, ammo yakşanba kungi tongiga kelib bu raqam 2,6 mingtagaça kamaydi. Polşada 145 mingdan ortiq xonadonda elektr öçgan, Belarusda esa 650 dan ortiq aholi yaşaş manzillarida uzilişlar qayd etilgan.

Bundan taşqari, Latviyada LMT va Tele2 mobil operatorlarining ayrim mijozlari aloqadagi muammolardan şikoyat qilişgan.

Latviya, Litva va Estoniyadagi şaharlarda köçalarni suv bosgan. Estoniyadan xabar qilişlariça, bir kun içida 50–70 millimetr hajmdagi yoğin tuşgan, ayrim hududlarda bu miqdor 90 millimetrgaça yetgan. Kuçli yomğir tufayli ayrim daryolarda, masalan, Riga şahri oralab oqib ötadigan Daugava daryosida suv sathi kötarilgan. Şaharda transport harakati, jumladan, avtobuslar yurişi qiyinlaşgan, favqulodda xizmatlar xodimlari yöllardagi suvni nasoslar orqali olib çiqişmoqda. Bundan taşqari, köplab binolarning yertölalari hamda köp qavatli uylarning birinçi qavatlarini suv bosgan.