Taşanovga köra, 24-sentabr kuni harbiy sud Taftish.uz tahririyati xodimlari va DXX zobitlariga nisbatan hukm öqigan. Tahririyat rahbari Ğayrat Aberayev 10,5 yilga, jurnalist Marjona Eşquvvatova 4 yil 1 oyga ozodlikdan mahrum qilingan.
Şuningdek, sayt tahririyatining yana ikki vakili hamda sobiq DXX xodimlariga 10 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
“Ular tuhmat, haqorat, firibgarlik, tovlamaçilik singari ayblovlar bilan ayblangan. Yopiq sud majlisi hukmiga köra, sudlanuvçilar jazo muddatlarini umumiy tartibdagi koloniyalarda ötaydi”, deyiladi Taşanovning xabarida.
Bu haqda hozirça rasmiy axborot berilgani yöq. Kun.uz Oliy sud matbuot kotibi Surayyo Xojamqulova bilan boğlandi. U sud hukmi hali qonuniy kuçga kirmaganini, şu sababli rasmiy axborot berilmaganini bildirdi.
“Sud hukmi qonuniy kuçga kirmagunça sudlanuvçi sudlangan hisoblanmaydi. Şu sababli, hukm qonuniy kuçga kirişini kutyapmiz. Şundan söng rasmiy axborot beramiz”, deya taʼkidladi Surayyo Xojamqulova.
Taftish.uz xodimlari, jumladan, naşr rahbari şu yil yanvarida tovlamaçilik va firibgarlikda gumonlanib qölga olingandi.
Içki işlar vazirligi öşanda sayt xodimlariga qöyilgan ayblovlar tafsilotlarini eʼlon qilgan va ularni «tovlamaçilikni kundalik faoliyatga aylantirgan» şaxslar deb atagandi.
«Jinoiy faoliyatini daromad manbaiga aylantirib olgan Aberayev boşçiligidagi jinoiy guruh murojaatçilarni aldaş bilan bir qatorda, fuqarolarni obrösizlantiruvçi yoki boşqa usulda şarmanda qiluvçi videolarini tarqatiş bilan tahdid qilib, yoki şunday videolarni internet orqali eʼlon qilinganidan keyin öçirib beriş evaziga fuqarolardan pul talab qiliş bilan şuğullanib kelgan. Yaʼni kelib tuşgan murojaatlarni yoritganligi uçun bir tarafdan mablağ olgan bölsa, tayyorlangan materiallarni öçirib yuboriş uçun ikkinçi tarafdan pul talab qilişgan», deyilgan vazirlik xabarida.
Korxonalar va taşkilotlarning yagona davlat reyestri maʼlumotlariga köra, Taftish.uz saytiga egalik qiluvçi Elita-Media kompaniyasi 2019-yil sentabr oyida taşkil etilgan. Uning direktori Aberayev, asosçisi esa Dilşod Irgaşev ekani körsatilgan. Sayt 2021-yil 24-martda ommaviy axborot vositasi sifatida röyxatdan ötgan.









