O‘zbekiston | 15:07 / 12.11.2021
9869
3 daqiqa o‘qiladi

Ekspress test muammosi hamon dolzarb. Yangi vazir bu mantiqsizlikka chek qo‘ya oladimi?

 PZR-testi sertifikati bo‘lishiga qaramay, O‘zbekistonga quruqlik orqali kiruvchi chegara punktlarida fuqarolardan asossiz ravishda pullik COVID-19 ekspress test olish amaliyoti hali ham saqlanib qolmoqda. Yangi vazir bu mantiqsizlikka barham bera oladimi?

31 oktyabr kuni Kun.uz saytida “Ekspress-testlar kimning “cho‘ntagi”? Chegaradagi mantiqsizlik bekor qilinishi kerak” sarlavhali surishtiruv e'lon qilingan edi.

Unda O‘zbekistonga havo va temir yo‘l orqali kirib kelishda amal qiladigan koronavirusga PZR-testi “G‘ishtko‘prik” chegara punktida tan olinmayotgani, bu yerda chegarani kesib o‘tayotgan har bir shaxs haqiqiy PZR-testi bo‘lishiga qaramay, 100 ming so‘m to‘lab, koronavirusga ekspress-test topshirmaguncha O‘zbekistonga o‘tkazilmayotgani haqida aytilgandi.

Kun.uz muxbiri, shuningdek, ekspress-test laboratoriyalari Tojikiston bilan chegaradagi Oybek-Bo‘ston hamda Qirg‘iziston bilan chegaradagi Do‘stlik-Do‘stik chegara-bojxona nazorat punktlarida ham mavjudligini aniqladi.

“G‘ishtko‘prik”dagidan farqi shundaki, bu ikki punktda barchadan birdek ekspress-test topshirish talab qilinmaydi. Ko‘pi bilan uch kun oldin topshirilgan va manfiy javob chiqqan PZR-testi bilan bemalol kirib kelish mumkin.

Muammoning ommaga bong urilayotgan jihati mana shu. “G‘ishtko‘prik” chegara punktidan O‘zbekistonga kirayotgan fuqarolarning huquqlari esa toptalmoqda, 100 ming so‘m to‘lov qilishga majburlanmoqda, ochiqdan-ochiq “shilinmoqda”.

Maqola e'lon qilinganiga ham 13 kun bo‘ldi. Ammo na Sog‘liqni saqlash vazirligi, na Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati biror munosabat bildirgan.

Bu kunlar ichida G‘ishtko‘prik chegara-bojxona punktidagi “Tibbiyot dunyosi” MChJga tegishli laboratoriya, ehtimol, O‘zbekistonga kirib kelgan har qanday fuqarodan, ularning PZR-testi sertifikati bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qat'i nazar 100 ming so‘mdan undirishda davom etmoqda.

11 noyabr kuni prezident farmoni bilan Behzod Musayev sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi. Xo‘sh, yaxshi menejyer va adekvat ish boshqaruvchi deya baho berilayotgan vazir fuqarolarni qiynayotgan bu muammoga e'tibor qaratadimi? Maxsus komissiyaning tushunarsiz bayonidan foydalanib, mantiqsiz tartib o‘rnatib olgan va xalq hisobiga cho‘ntagini qappaytirayotganlarning tanobi tortib qo‘yiladimi?

 Tolib Rahmatov

Mavzuga oid

E`lonlar

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

FAW Trucks: O‘zbekistonda yangi davrni boshlagan yetakchi yuk mashinalari ishlab chiqaruvchisi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 