Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Respublika Baynalmilal madaniyat markazining 25-yilligi munosabati bilan mamlakatimizda faoliyat yurituvçi Milliy madaniy markazlarning bir guruh faollarini mukofotlaş töğrisidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda. Quyida farmonning töliq matni keltiriladi:

Respublika Baynalmilal madaniyat markazining 25-yilligi munosabati bilan Milliy madaniy markazlarning bir guruh faollarini mukofotlaş töğrisida 

 Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimizda millatlararo döstlik va totuvlikni mustahkamlaş, jamiyatimizda turli millat va elat vakillari örtasida hukm surayotgan özaro hamjihatlik va mehr-oqibat muhitini asraş, yoş avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaş hamda milliy madaniy markazlar faoliyatini rivojlantiriş borasidagi katta xizmatlari uçun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin: 

«Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi»

Bazarbayeva Nurkul Alimbayevna – Navoiy viloyati Konimex tumani qoraqalpoq milliy madaniy markazi faoli, Konimex tumanidagi «Jas tulek» ansambli badiiy rahbari 

«Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi»

Mironov Sergey Aleksandroviç – Respublika baynalmilal madaniyat markazi direktorining örinbosari 

Yurtimizda bağrikenglik, tinçliksevarlik va insonparvarlik muhitini mustahkamlaş, milliy madaniyatlar, urf-odat va an'analarning öziga xosligini saqlaş va rivojlantiriş, yoşlarimizni ona Vatanga muhabbat, istiqlol ğoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalaş işlariga qöşgan munosib hissasi hamda ijtimoiy hayotdagi faol iştiroki uçun quyidagilar mukofotlansin: 

«Mehnat şuhrati» ordeni bilan

Muhammadiyev Nasriddin – Respublika baynalmilal madaniyat markazi direktori 

«Döstlik» ordeni bilan

Abayev Arazmuxammet Allabayeviç – Qoraqalpoğiston Respublikasi turkman milliy madaniy markazi faoli, Törtköl tumani «Mekan» gazetasi boş muharriri