Kun.uz iqtisodchi Mirkomil Xolboyev oʻz Telegram-kanalida joylagan postini keltirib oʻtadi:
Yangi maqsadlarga koʻra, 2030-yilda iqtisodiyotimiz oldingi maqsad qilingani kabi 240 mlrd dollar emas, balki 300 mlrd dollarga yetishi kutilmoqda.
XVJning prognozlariga koʻra, mamlakatimiz iqtisodiyot 2030-yilda 273,4 mlrd dollarga, 2031-yilda esa 301 mlrd dollarga yetishini prognoz qilingan. Bunda, 2026-2031 yillarda iqtisodiyotimizning yillik dollardagi oʻrtacha nominal oʻsishi 12,7 foizni tashkil etadi. XVJ 2026-yilda iqtisodiyotimiz 23,4 foizga kengayishini kutayotgan boʻlsa, kelayotgan yillarda oʻsish 10 foiz atrofida barqarorlashishi prognoz qilinmoqda.
Taʼkidlash kerakki, yangi marra, yaʼni iqtisodiyotimizni 2030-yilda 300 mlrd dollarga yetkazish XVJ kabi nufuzli xalqaro tashkilotlarning prognozlaridan unchalik uzoq emas.
2025-yilda iqtisodiyotimizning nominal oʻsishi 21,1 foizni tashkil etdi. Joriy yilning birinchi yarim yilligida esa, dollardagi nominal YaIMning oʻsishi 26,8 foizgacha tezlashgan. Bunda, real iqtisodiy oʻsishning 1,3 foiz bandga tezlashishi, oʻsishni tezlashtiruvchi bir faktor boʻlib xizmat qilgan boʻlsa, soʻm oʻrtacha kursining







