Visual Capitalist taqdim etgan infografikada Xalqaro valyuta jamğarmasining World Economic Outlook maʼlumotlari asosida 2030-yil uçun mamlakatlarning nominal yalpi içki mahsuloti böyiça prognozlar keltirilgan.

Hisob-kitoblarga köra, 2030-yilda ham dunyoning eng yirik uçta milliy iqtisodiyoti tarkibi 2026-yildagiga nisbatan özgarmaydi.

AQŞ 37,7 trillion dollarlik nominal YAIM bilan jahonda birinçi örinni saqlab qolişi kutilmoqda. Xitoy iqtisodiyoti esa 26 trillion dollarga yetib, ikkinçi örinda qoladi.

Germaniya 6,2 trillion dollarlik YAIM bilan uçinçi yirik iqtisodiyot maqomini saqlaşi prognoz qilinmoqda. Biroq uning körsatkiçi AQŞ va Xitoydan sezilarli darajada past böladi.

Prognozlarga köra, 2026–2030-yillar oraliğida AQŞ, Xitoy va Germaniya iqtisodiyotlari birgalikda işlab çiqariş hajmini 10 trillion dollardan köproqqa oşiradi. Uşbu ösişga eng katta hissani Xitoy qöşişi kutilmoqda.

Osiyo va Yaqin Şarqning uluşi oşadi

2030-yilga borib Osiyo va Yaqin Şarq mamlakatlarining umumiy iqtisodiy hajmi 55,7 trillion dollarga yetişi prognoz qilinmoqda. Bu jahon iqtisodiyotining uçdan bir qismidan ham köproğini taşkil etadi.

Mintaqada Xitoy va Hindistondan keyingi eng yirik iqtisodiyot Yaponiya bölib qoladi. Uning nominal YAIM 2030-yilda qariyb 5 trillion dollar bölişi kutilmoqda.

Keyingi örinlarda Janubiy Koreya va Indoneziya joylaşişi prognoz qilingan.

Yaponiya iqtisodiyoti uzoq vaqtdan beri nisbatan past ösiş surʼatlarini namoyon qilib kelmoqda. Bir vaqtlar dunyoning ikkinçi yirik iqtisodiyoti bölgan mamlakat 2010-yilda bu örinni Xitoyga boy bergan. 2024-yilda esa Germaniya ham nominal YAIM hajmi böyiça Yaponiyani ortda qoldirgan.

Şu tariqa, global iqtisodiy ösiş markazining Osiyo tomon siljişi keyingi yillarda ham davom etişi kutilmoqda.

Yevropa iqtisodiyoti 37 trillion dollarga yetişi mumkin

2030-yilda Yevropa mamlakatlarining umumiy YAIM qariyb 37 trillion dollarni taşkil etişi prognoz qilinmoqda.

Yevropa iqtisodiyotining öziga xos jihati şundaki, mintaqadagi iqtisodiy quvvat bir neçta yirik mamlakat örtasida nisbatan teng taqsimlangan.