Özbekiston yalpi içki mahsuloti hajmini 2030-yilga borib 300 mlrd dollarga yetkazişni öz oldiga maqsad qilib qöydi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev Mustaqillikning 35 yilligi tantanasida eʼlon qildi.

“Uç yil oldin 2030-yilda yalpi içki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga yetkazişni reja qilgan edik. Global logistikadagi uzilişlar va dunyodagi notinç vaziyatga qaramasdan, bu vazifani şu yilning özida ortiği bilan amalga oşiramiz va daromadi örtaçadan yuqori davlatlar qatoriga kiramiz”, – dedi davlat rahbari.

Prezidentga köra, endigi maqsad – iqtisodiy ösişning yuqori surʼatlarini saqlab qoliş va 2030-yilgaça yalpi içki mahsulot hajmini 300 milliard dollarga yetkaziş.

Şavkat Mirziyoyev, şuningdek, izçil saʼy-harakatlar tufayli kambağallik darajasi 2017-yildagi 35 foizdan 4 foizga tuşirilganini ham maʼlum qildi.

Eslatib ötamiz, 2026-yil yakunlari böyiça Özbekiston iqtisodiyoti hajmi 180 mlrd dollarga yetişi kutilmoqda.