Visual Capitalist tomonidan Xalqaro valyuta jamğarmasi prognozlari asosida tayyorlangan reytingda davlat qarzi eng yuqori bölişi kutilgan 30 ta mamlakat ikki mezon - qarzning umumiy hajmi va uning yalpi içki mahsulot (YaIM)ga nisbati böyiça taqqoslangan.

Prognozlarga köra, 2026 yilda AQŞ davlat qarzi 40,7 trillion dollarga yetadi. Bu körsatkiç Xitoy, Yaponiya, Buyuk Britaniya va Fransiya davlat qarzlarining jami hajmidan ham yuqori bölib, AQŞni uşbu yönalişda mutlaq yetakçiga aylantiradi.

Visual Capitalist


Şu bilan birga, davlat qarzi iqtisodiyot hajmiga nisbatan baholanganda manzara boşqaça körinadi. AQŞda davlat qarzi YaIMning taxminan 126 foizini taşkil etişi kutilmoqda. Bu körsatkiç Yaponiya, Singapur, Italiya va Gretsiyanikidan past.

Yaponiya davlat qarzining YaIMga nisbati böyiça dunyoda birinçi örinni egallaşi prognoz qilingan. Mamlakat davlat qarzi iqtisodiyot hajmining 204 foizidan oşib ketişi kutilmoqda. Mutaxassislar bu holatni mamlakatning rivojlangan içki moliya bozori va davlat qarzining asosan içki investorlar tomonidan moliyalaştirilişi bilan izohlamoqda.

Yaponiyadan keyin Singapur, Sudan (169 foiz) va Bahrayn (152 foiz) joylaşgan. Şu bilan birga, ekspertlar davlat qarzining YaIMga nisbati mamlakatning moliyaviy barqarorligini baholaş uçun yagona mezon emasligini ta’kidlamoqda. Investorlar davlat moliyasi holati, kredit reytingi, siyosiy barqarorlik va taşqi moliyalaştiriş imkoniyatlarini ham inobatga oladi.

Şu sababli, davlat qarzi YaIMning 103–106 foizini taşkil etadigan Boliviya yoki Mozambik kabi mamlakatlar xalqaro moliya bozorlaridan qarz jalb qilişda Singapurga nisbatan köproq qiyinçiliklarga duç kelişi mumkin.

Yevropaning yirik iqtisodiyotlari ham yuqori davlat qarzi bilan yaşamoqda. Gretsiya va Italiyada davlat qarzi YaIMning 135 foizidan oşadi. Italiyaning umumiy davlat qarzi 3,8 trillion dollar atrofida bölişi kutilmoqda, bu Fransiya va Buyuk Britaniyaga nisbatan kamroq bölsa-da, mamlakatning qarz yuki yuqoriligiça qolmoqda.

Ispaniya davlat qarzi 2026 yilda 2,1 trillion dollar yoki YaIMning taxminan 98 foiziga teng bölişi prognoz qilingan. Germaniya esa Konstitutsiyada belgilangan «qarz tormozi» mexanizmi tufayli davlat qarzini nisbatan past darajada uşlab turişda davom etadi. Mamlakat davlat qarzi 3,5 trillion dollar atrofida bölişi kutilmoqda, bu Fransiya, Italiya va Buyuk Britaniyanikidan kam hisoblanadi.