II O‘zbekiston iqtisodiy forumi doirasida «O‘zbekiston MET» AJ 80 mln dollarlik shartnomalar imzoladi

Foto: O‘zbekiston MeT
Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan “Inson manfaatlarini iqtisodiy islohotlarning bosh mazmuniga aylantirish” mavzusidagi II O‘zbekiston iqtisodiy forumi doirasida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kredit mablag‘lari ishtirokida amalga oshirilayotgan 2 ta yirik strategik ahamiyatga ega bo‘lgan investitsiya loyihalarini “tayyor holda topshirish” sharti asosida xalqaro tender savdolari yakunlariga ko‘ra umumiy qiymati 80,0 mln dollar bo‘lgan 2 ta shartnoma imzolandi.
Jumladan, 500 kVli “Muruntov” podstansiyasi qurilishi bo‘yicha “TBEA Co., Ltd.” (Xitoy) kompaniyasi g‘olib deb topilgan bo‘lib, qiymati 37,12 mln dollar hamda “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi”dan “Besopan” o‘chirib-yoqish punktigacha 177 km uzunlikdagi 500 kVli elektr uzatish tarmog‘i qurilishi bo‘yicha “NEPC II”-“NEPDI”-“SDEE” (Xitoy) kompaniyalar konsorsiumi g‘olib deb topilgan bo‘lib, qiymati 42,8 mln. dollar bo‘lgan shartnomalar imzolandi.
Loyihalarning asosiy maqsadi — “Navoiy kon metallurgiya kombinati” AJning yangi tashkil etilayotgan kon-metallurgiya ishlab chiqarish obektlarining tashqi elektr ta’minotini ishonchliligini oshirish va energetika tizimining shimoli-g‘arbiy qismida elektr tarmoqlarini rivojlantirish hamda iste’molchilarga elektr energiyani uzluksiz yetkazib berish.
Investitsiyalarni jalb qilish va investitsion loyihalarni amalga oshirish boshqarmasi
«O‘zbekiston MeT» AJ Axborot xizmati Ⓣ
Tavsiya etamiz
Tishlari to‘kilgan qonun, avtomobil importidagi muzlash va Uzundagi jinoyat(lar) - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 20:59 / 01.03.2025
Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr va fidya miqdori e’lon qilindi
O‘zbekiston | 16:59 / 28.02.2025
«Tramp Putindek fikrlamoqda»: liberal jahon tartibi tugadimi?
Jahon | 12:08 / 28.02.2025
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari kengaydi
O‘zbekiston | 10:53 / 28.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Londonda Starmer va Zelenskiy muzokaralari yakunlandi
Jahon | 01:46
-
Toshkentda taksida chaqaloq tug‘ildi
Jamiyat | 23:33 / 01.03.2025
-
Bill Geyts kelgusi avlodlar duch keladigan 4 ta asosiy muammoni sanadi
Jahon | 23:19 / 01.03.2025
-
Toshkent viloyatida vazni 7 kilodan ziyod qiz tug‘ildi
Jamiyat | 22:30 / 01.03.2025