Pensiyaga çiqişni 6 yoki 12 oyga keçiktirgan fuqarolarni moliyaviy jihatdan rağbatlantiriş rejalaştirilyapti. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tegişli qaror loyihasi jamoatçilik muhokamasi uçun joylaştirildi.
Qayd etilişiça, yuqori daromaddan ijtimoiy soliq tölayotgan hamda pensiya yoşida mehnat faoliyatini davom ettirayotgan fuqarolarni qöşimça rağbatlantiriş maqsadida 2028-yil 1-apreldan boşlab birinçi marta pensiya tayinlaşda iş haqining yuqori çegarasi:
- pensiya hisoblaş bazaviy miqdorining 12 baravaridan 13 baravariga;
- 6 oy keç pensiyaga çiqilganda - pensiya hisoblaş bazaviy miqdorining 14 baravarigaça;
- 12 oy keç pensiyaga çiqilganda - pensiya hisoblaş bazaviy miqdorining 15 baravarigaça oşiriş taklif etilyapti.
Amaldagi qonunçilikka köra, pensiya hisoblaş bazaviy miqdorining (2026-yil 1-iyuldan boşlab – 504 ming söm) 12 karrasidan (6 mln 48 ming sömdan) yuqori iş haqi inobatga olinmaydi. Muhokamaga qöyilgan qonun loyihasida maksimal miqdorni bugungi kundagi qiymat böyiça 6 mln 552 ming sömgaça oşiriş nazarda tutilgan. Bunda pensiyaga çiqiş 6 oyga keçiktirilsa, hisobga olinadigan iş haqi çegarasi 7 mln 56 ming sömgaça kengayadi. 12 oyga keçiktirilganda esa uşbu çegara 7 mln 560 ming söm böladi.
Buning natijasida hisoblanadigan maksimal miqdoridan köproq oylik oladiganlar 6 oy keç pensiyaga çiqqanda oyiga 277,2 ming sömgaça yoki 8 foizga,12 oy keç çiqqanda esa oyiga 554,4 ming sömgaça yoki 15 foizga köproq pul olişi mumkin.
Keçroq pensiyaga çiqqanlarga köproq pul beriş tizimi yaratilişi mumkin
09:20 / 25.09.20268 8512 min
Yuqori daromad oluvçilar 6 oy keç pensiyaga çiqqanda ularga bugungi kundagi qiymat böyiça oyiga 277 ming sömgaça yoki 8 foiz, 12 oy keç çiqqanda esa oyiga 554 ming sömgaça yoki 15 foizga köproq pul berilişi mumkin. Jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan qonun loyihasi qabul qilinsa, yangi tartib 2028-yil 1-apreldan boşlab kuçga kiradi.





