Yaponiyada maşhur yozuvçilardan biri Natsume Sosekiga juda öxşaş robot yaratildi. “Yozuvçi” 100 yillik tanaffusdan keyin omma bilan muloqotga kirişgan. Bu haqda Nisyogakusya universiteti xabar berdi.
Natsume Soseki (1867-1916) – zamonaviy yapon adabiyotining eng yorqin namoyondalaridan biridir. “Döstlar, biz ançadan beri körişganimiz yöq! Deyarli 100 yil vaqt ötdi”, - degan robot.
Android yozuvçi vafot etgan kunining (9 dekabr) 100 yilliga yaratildi. Uning ustida Nisyogakusya universiteti va Yaponiyadagi robotlar yaratiş bilan şuğullanuvçi eng maşhur Osaka universiteti olimlar guruhi iş olib borişgan.
Androidni yaratişda Natsume Sosekining suratlari, uning böyi va vazni haqidagi ma'lumotlar va hattoki nabirasining ovozidan ham foydalanişdi.
Uskuna ta'lim oliş jarayonida işlatiladi – u Natsume Soseki asarlarini bolalarga öqib beradi.








