Qonunçilikka köra, umumiy foydalanişdagi suv havzalarida taqiqlanmagan qurol va usullar yordamida 5 kg gaça baliqni bepul ovlaş mumkin. Bu imkoniyat bekor qilinmaydi va pulli qilinmaydi, deb maʼlumot berdi Baliqçilikni rivojlantiriş markazi.

Prezidentning 2026-yil 2-iyuldagi 122-son farmoni asosida joriy etilişi közda tutilgan «Fişermen ID» esa sport-havaskor baliq ovlaş va ekoturizm sohasidagi pulli xizmatlarni yagona platformada jamlaşga qaratilgan.

Baliq ovlaş uçun maxsus şaroit yaratgan xöjaliklar öz xizmatlarini platformaga ixtiyoriy joylaştirişi mumkin. Foydalanuvçilar esa suv havzasining manzili, şaroitlari, xizmat narxi va böş joylar haqida maʼlumot olib, joyni oldindan band qiladi. Pulli xizmat tanlangan taqdirda tölovdan söng QR-kodli elektron çek beriladi.

Taʼkidlanişiça, «Fişermen ID» umumiy foydalanişdagi suv havzalarida 5 kg gaça baliqni bepul ovlaş tartibiga daxl qilmaydi. Tizim faqat maxsus taşkil etilgan sport-havaskor baliq ovlaş va ekoturizm xizmatlaridan foydalanişni qulaylaştiriş uçun möljallangan.