Samarqand şahrida bölib ötayotgan Butunjahon şaxmat Olimpiadasida 9-tur uçraşuvlari Özbekiston vakillari uçun omadli keçdi.

Özbekiston erkaklar asosiy jamoasi ötgan turda Germaniyadan uçralgan mağlubiyatdan keyin öziga keldi va turnir favoritlaridan biri bölgan AQŞ ustidan ğalabaga erişdi.

Dastlab 4-doskada dona surgan Muhiddin Madaminov kuçli raqib Levon Aroyan bilan durang öynadi (u ötgan turda yutqazib qöygan Şamsiddin Vohidov örnini egallagandi).

Şundan keyin Nodirbek Abdusattorov jahon reytingida uçinçi örinda turuvçi Fabiano Kuruanani taslim bölişga majbur etdi.

Ammo Javohir Sindarov yana bir nomdor şaxmatçi Uesli So bilan öyinda qiyin vaziyatga tuşib qoldi, yakunda bu vaziyatdan çiqib keta olmadi va umumiy hisob tenglaşdi: 1,5-1,5.

Şundan keyin özbekistonlik şaxmat işqibozlari bor eʼtiborini Nodirbek Yoqubboyevning öyiniga qaratdi. Ötgan turda yutqazib qöygan uşbu şaxmatçi esa bu safar işonçni oqladi va Hans Nimannga qarşi keçgan öta qiyin bahsda ğalabani öz tomoniga oğdira oldi va yakuniy hisob quyidagiça köriniş oldi: 2,5-1,5.

Endi Özbekiston asosiy jamoasi 9 turdan keyin 16 oçko bilan turnir jadvalida peşqadamligini davom ettirmoqda.

Öz navbatida, Özbekiston-2 jamoasi ham bu turni işonçli ötkazdi.

Uşbu jamoa ötgan turda Angliya ustidan ğalaba qozonib (2,5-1,5), kuçli önlikka kirib olgandi.

Tur oldidan 13 oçko bilan 4-örinda turgan Niderlandiyaga qarşi keçgan bahsda ham uşbu jamoa yaqqol ustunlik qilib, ğalabaga erişdi.

Özbekiston-2 – Niderlandiya 3,5:0,5

  • Muhammadzohid Suyarov – Loek van Veli 1:0

  • Jahongir Vohidov – Aniş Giri 1:0

  • Ortiq Niğmatov – Ervin LʼAmini 1:0