Ijtimoiy tarmoqlarda Qarşi aeroportida turgan yölovçilar issiqda samolyot içida uşlab turilgani, salonda sovitiş moslamalari yöqligi va ikki ayol huşini yöqotgani aytilgan video tarqaldi.
Telegramdagi «Nigoh» kanalining yozişiça, bu holat Rossiyaning Royal Flight aviakompaniyasi tomonidan «Moskva-Qarşi-Moskva» reysiga qöyilgan samolyotda röy bergan.
«Ma'lum bölişiça, parvoz Rossiyaning Royal Flight aviakompaniyasi tomonidan amalga oşirilgan. Yölovçilar bortga çiqarilgandan söng, samolyot dvigatellari işlamay qolgan. Bunga ob-havo şaroiti, ya'ni havo haroratining 44 darajadan yuqori bölişi sabab bölgan», deyiladi xabarda.
Natijada, uşbu parvozni tungi vaqtda amalga oşiriş qarori qabul qilinib, yölovçilar bortni tark etişgan. Yölovçilarning soğliği yomonlaşgani haqida xabar kelib tuşmagan. Samolyot 6 iyun kuni soat 04:54 da Moskvaga uçgan (aslida jönaş 5 iyun kuni soat 15:30 ga rejalaştirilgan edi).
Holat yuzasidan Transport vazirligi matbuot xizmati rasmiy ma'lumot berdi. Qayd etilişiça, 5 iyun kuni Rossiyaning Royal Flight aviakompaniyasi Qarşi xalqaro aeroportidan ABG-2604 Qarşi—Domodedovo reysini amalga oşirişi lozim bölgan. Şu kuni soat 13:32da Royal Flight’ning Boeing-767-300 rusumli samolyoti Qarşi xalqaro aeroportiga kelib qöngan va aeroport tomonidan barça texnik va servis xizmatlari körsatilgaç, soat 16:10 da barça yölovçilar samolyotga çiqib bölgan.
«Biroq respublikada kuzatilayotgan issiq tufayli samolyotning asosiy va qöşimça dvigatellari qöşilmay qoldi. Samolyot kompyuteri parametrlarini qayta teriş va bir neça bor dvigatellarni qöşişga qayta urinişlar ham issiqning haddan ziyod kuçayişi oqibatida samara bermadi. Asosiy va qöşimça dvigatellarni işga tuşiriş imkoni bölmagaç, tabiiyki, samolyotning konditsioner tizimi ham işlamadi.
Şu örinda ta'kidlaş lozimki, xalqaro fuqaro aviatsiyasi qoidalariga köra, yölovçilar samolyotga çiqarilib, havo kemasi eşiklari yopilgaç, yölovçilar xavfsizligi böyiça barça qarorlar samolyot ekipaji komandiri tomonidan qabul qilinadi. Ekipaj komandiri yölovçilarni tuşiriş haqida qaror qabul qilgaç, yölovçilar samolyotdan zudlik bilan tuşirildi. Qarşi xalqaro aeroporti tomonidan yölovçilar uçun aerovokzalda barça zarur şaroitlar yaratib berildi», deyiladi vazirlik






