Ma'lum qilinişiça, Özbekiston va Rossiya hukumatlari örtasida tuzilgan havo qatnovi töğrisidagi bitim asosida "Özaviatsiya" agentligi tomonidan Rossiyaning "Royal Flight" aviakompaniyasiga 2021 yil 21 aprelda Özbekistonga Moskva – Andijon - Moskva yönalişida muntazam parvozlarni amalga oşiriş uçun ekspluatatsion ruxsatnoma berildi.
Qayd etilişiça, uşbu aviakompaniya parvozlarni Boeing 757-200 havo kemasida amalga oşiradi.
Bundan oldin, Kuvaytning Jazeera Airways aviakompaniyasi Özbekistonga muntazam qatnovlarni amalga oşiriş uçun ruxsatnoma olgandi.








